Joriy yilning 11 iyul kuni Xalq ta'limi vazirligida xususiy maktablarning mutasaddilari bilan uçraşuv bölib ötdi. Tadbirda xususiy maktablarni rivojlantirişdagi muammolar muhokama qilindi. Xususan, dividendlar oliş imkoniyati yöqligi, soliq imtiyozlari mavjud emasligi, öquv korpuslari va binolarni ijaraga oliş, qonunçilikdagi mavjud böşliqlar sabab xususiy maktablar maktab bitiruvçilariga attectat bera olmasligi kabi muammoli holatlarga töxtalib ötildi. Şuningdek, öqituvçilarning malaka oşiriş institutlarida malaka oşirişi masalasi muhokama qilindi.

Öz navbatida, Xalq ta'limi vaziri nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirişda, jumladan, davlat-xususiy hamkorligi körinişida yordam körsatişga tayyorligini bildirdi. Xususan, mavjud quvvatidan öquvçi soni kam bölgan maktablarda davlat-xususiy hamkorligini yölga qöyib, xususiy investorlar tomonidan maktabda mavjud öquvçilarga bepul ta'lim beriş javobgarligini olişi kabi xorijiy davlatlarda mavjud tajriba qayd etildi. Şundagina, xususiy investor bino quvvatidan yanada samarali foydalaniş uçun investitsiya kirita oladi, mazkur mikrohududdagi öquvçilar, ayniqsa, kam ta'minlangan oila farzandlari avval imkoniyatlari yetmagan sifatli ta'limni ortiqça xarajatlarsiz oliş imkoniyatiga ega bölişadi.

Vazir bunday yondaşuv byudjyet mablağlarining bir qismini ozod qilib, ularni boşqa davlat ta'lim muassasalarini, şu jumladan, çekka tumanlardagi maktablar va maktab filiallarini takomillaştirişga yönaltiriş imkonini berişini ta'kidlab ötdi. Yiğilişda, şuningdek, malaka oşiriş markazlarini davlat-xususiy hamkorligi körinişida taşkil qiliş istiqbollari muhokama qilindi. Taraflar bugungi kunda öquv-metodik jarayonini rivojlantiriş, davlat ta'lim standartlari, darsliklar va öquv-metodik qöllanmalarni yaratişdagi böşliqlarni alohida qayd etdi.