Turkiya sudi bugun 2016 yilgi davlat töntarişidagi iştiroki uçun sudlanayotgan şaxslarning bir guruhi ustidan hukm e'lon qildi. Bu haqda Anadölu agentligi xabar bermoqda.

Sud konstitutsion tuzumni ağdarişga uringanlikda ayblangan 72 nafar sudlanuvçiga umrbod ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinladi. Hukm etilganlar orasida mayor va polkovnik unvoniga ega harbiy xizmatçilar ham bor. Ular Istanbuldagi Bosfor osma köprigida sodir bölgan töqnaşuvlarda 34 kişining ölimiga sabab bölişgan.

Şuningdek, 27 nafar şaxs u yoki bu körinişda isyonçilarga yordam berganligi uçun 15 yil va undan uzoqroq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Yana 44 nafar sudlanuvçiga nisbatan oqlov hukmi çiqarildi.

Uşbu jinoiy iş doirasida yana 71 kişi sud hukmini kutmoqda.

Eslatib ötamiz, Turkiyada davlat töntarişi uyuştirişga boş mas'ul sifatida köriluvçi muxolifatçi Fathulloh Gulenga aloqasi bor deb hisoblangan 160 ming nafar harbiylar, ilm-fan vakillari va davlat xizmatlari hibsga olingandi.