Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy örta ta'lim tizimini isloh qiliş va rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

«Keyingi yillarda ta'lim sohasining barça bosqiçlarini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş böyiça farmon va qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 sentabrdagi qaroriga muvofiq Xalq ta'limi vazirligining boşqaruv tizimi takomillaştirildi, asosiy vazifa va faoliyat yönalişlari belgilab berildi. Yaqinda vazirlik rahbariyatida özgarişlar amalga oşirilib, öquv-tarbiya jarayoniga ilğor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, öqituvçilarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltiriş orqali ta'lim sifatini oşiriş böyiça köplab vazifalar qöyildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yiğilişda uşbu körsatmalar asosida işlab çiqilgan xalq ta'limi tizimini isloh qilişga qaratilgan çora-tadbirlar taqdimoti ötkazilgan.
Prezident pedagoglarning oylik maoşini, jamiyatdagi mavqeini oşiriş, ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş böyiça topşiriqlar bergan.
Turli nazorat organlari tomonidan öqituvçilar faoliyatini tekşirişlarni çeklaş, pedagoglarni obodonlaştiriş, majlislarda qatnaşiş, obuna va şu kabi kasb faoliyatiga tegişli bölmagan işlarga jalb qilmaslik kerakligi ta'kidlangan. Öqituvçilarning haq-huquqlarini himoyalaş uçun maxsus huquqiy xizmat taşkil etiş vazifasi qöyilgan.

«Umumiy örta ta'lim sifatini yangi bosqiçga kötariş kerak. Har bir sinfda bolalarning nimalarni bilişi zarurligidan kelib çiqib, davlat ta'lim standartlari va öquv rejalarini qayta körib çiqiş lozim. Darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratiş va çop etiş, maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, san'at, çet tillari yönalişlarini kuçaytiriş, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlaş talab etiladi. Maktabgaça ta'lim va oliy ta'lim tizimlari bilan uzviylikni ta'minlaşga ham e'tibor beriş kerak», degan Şavkat Mirziyoyev.
Umumta'lim maktablari direktorlari va örinbosarlariga bölgan talabni qayta körib çiqiş, bu lavozimga haqiqiy boşqaruvçilik – menedjyerlik qobiliyatiga ega şaxslarni tayinlaş, ma'naviy-ma'rifiy va öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari mas'uliyatini keskin oşiriş kerakligi qayd etilgan.
Xalq ta'limi tizimini moliyalaştiriş masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan. 2019 yil uçun davlat byudjyetini şakllantirişda mazkur sohaga moliyalaştirişni oşiriş, şuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiliş uçun Xalq ta'limi vazirligi qoşida alohida jamğarma taşkil etiş maqsadga muvofiqligi ta'kidlangan.
Maktablarni quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlarini sifatli bajariş uçun xalq ta'limi tizimida maxsus injiniring kompaniyasi taşkil etiş böyiça körsatma berilgan.
Şuningdek, ta'lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qiliş, maktablarning byudjyetdan taşqari topayotgan daromadlarini ularning ixtiyorida qoldiriş, maktablarda içki jamoaviy nazorat tizimini yölga qöyiş, namunaviy maktablarni köpaytiriş maqsadida maktablar reytingini işlab çiqiş kabi masalalarga e'tibor qaratilgan.
Yiğilişda muhokama qilingan yönalişlar böyiça mutasaddi rahbarlarning hisobotlari eşitilgan va tegişli topşiriqlar berilgan.











