Zargarlik buyumlarini Dehliga noqonuniy olib ketişga uringan fuqaro M.Z. Toşkent xalqaro aeroporti bojxonaçilari tomonidan töxtatib qolindi. U “qizil” yölakdan harakatlanib, 62 million söm qiymatdagi 413 gramm zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasida qayd etmagan. 

Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati tarqatgan xabarga köra, xodimlarning huşyorligi sababli uşbu qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy xorijga olib çiqişga çek qöyildi. Bundan taşqari, «Istanbul-Toşkent» yönalişi böyiga uçib kelgan fuqaro N.L. esa qiymati 39 million sömdan ortiq 186,6 gramm zargarlik buyumlarini Özbekistonga yaşirinça olib kirmoqçi bölgan.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Uşbu ikkala holatda bojxonaçilar qonunbuzarlardan umumiy qiymati 101 million sömga teng, qariyb 600 gramm zargarlik buyumlarini aşyoviy dalil sifatida olib qöyişdi. Hozirda uşbu holatlar yuzasidan tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.​