Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-3217-sonli qaroriga muvofiq “2018-2019 yillarda Toşkent viloyatida turizmni rivojlantiriş hududiy dasturi” işlab çiqilgan.
Uşbu dasturga köra 2018-2019 yillar umumiy qiymati 2,5 trln.söm bölgan 585 ta loyiha amalga oşirilişi natijasida 6 106 ta yangi iş örni taşkil qiliş közda tutilgan.
Ötgan 6 oy davomida viloyatda jami 55 ta turistik obekt işga tuşirilişi hisobiga 68,6 mlrd.söm investitsiyalar (49,1 mlrd.söm öz mablağlari, 19,5 mlrd.söm bank krediti) özlaştirildi va 745 ta yangi iş örni yaratildi.
Bu borada viloyat hokimligining turizmni rivojlantiriş kompleksi Çinoz tumani hokimligi hamda sektorlar rahbarlari bilan olib borilgan işlari natijasida bir kunda 3 ta turistik obekt foydalanişga topşirildi.
1. “MUQIMIY” fermer xöjaligi tomonidan 2 gektar maydonda 1 mlrd. 400 mln.sömlik investitsiya mablağlari kiritiş hisobiga sport soğlomlaştiriş maskani hamda akva park;



2. “FAVORITE”MÇJ tomonidan Sirdaryo daryosi böyida 6,7 gektar maydonda 40 öringa möljallangan dam oliş maskani (bolalar basseyn, öyingoh, havaskor baliqçilar uçun hududda sun'iy köl);







3. “ORXIDEYA LYUKS” MÇJ tomonidan Sirdaryo daryosi böyida 3,7 gektar maydonda 80 örinli “SUMBULA” oilaviy dam oliş maskanlari (basseyn, bolalar uçun mini attraksionlar, katamaran va boşqa xizmatlar) işga tuşdi.
Bu turizm obektlari işga tuşiş natijasida 50 nafardan ortiq Çinoz aholisi iş bilan ta'minlandi.















