Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutidan  xabar qilişlariça, şu yilning 27 iyuli jumadan 28 iyuli şanbaga  ötar keçasi qiziqarli osmon hodisasi – Oyning töliq tutilişi sodir böladi. Bu tutiliş Özbekistonning hududining xamma joylarida boşdan oxirigaça kuzatiladi.

Oy tutilişining körinişi xaritasi (Vikipediya)

Uşbu hodisaning röy berişiga sabab — uç osmon jismi: Quyoş, Yer va Oyning bir töğri çiziqda joylaşişi va Yer soyasining Oy sirtiga tuşişidir.

Tutiliş 27 iyul kuni butun Özbekiston hududi bir vaqtda soat 23 dan 24 daqiqa ötganda boşlanadi. Bunda Yer soyasi Oy diskini sekin-asta tösa boşlaydi. Bir soatdan keyin, ya'ni 28 iyul soat 00 dan 29 daqiqa ötgaç Oy sirti soya bilan batamom qoplanadi, tutilişning töla fazasi boşlanadi.

Bizga ma'lumki, Quyoş tutilganida Quyoş qisman yoki töliq  körinmay qoladi. Oy tutilişida esa Oy butun tutiliş davomida körinib turadi. Faqat Oy soya içida  harakatlana boşlaganda u qizğiş-jigarrang tusda körinadi.

Töla tutiliş fazasining davomiyligi 1 soat 43 daqiqani taşkil qiladi, ya'ni Oy 104 daqiqa davomida soyada böladi. U soat 2 dan 13 daqiqa ötganda soyadan çiqa boşlaydi, soat 3 dan 19 daqiqa ötganda esa butunlay soyadan xoli böladi. Tutilişning umumiy davomiyligi esa salkam 4 soat.

Tutilişni oddiy köz bilan ham kuzatiş mumkin. Agar bordiyu, sizda durbin yoki kuzatiş trubasi bölsa, Oy yuzini yaxşiroq körişingiz va uşbu astronomik hodisadan köproq zavq olişingiz mumkin.

Oxirgi marta Oyning töla tutilişi mamlakatimizda şu yilning 31 yanvar kuni kuzatilgan edi. Bu safar Oy Yer soyasining markazidan ötişi bilan ajralib turadi va şuning uçun tutiliş davomiyligi nisbatan uzoq — 103 daqiqani taşkil etadi. Oxirgi marta bunga öxşaş tutiliş 2011 yilning 15 iyunida sodir bölgan edi. Unda tutiliş davomiyligi 1 soat 40 daqiqani taşkil qilgan edi, ya'ni bu safargidan 3 daqiqaga kam.

27 iyul sanasida yana bir ajoyib astronomik hodisa — Marsning buyuk röpara turişi röy beradi.

Oyning yonginasida, 6 gradus janubroqda siz yoruğ qizğiş «yulduz»ni köraşingiz mumkin, bu Mars sayyorasidir. U kun sayin Yerga yaqinlaşib kelmoqda, 27 iyulda Mars eng qisqa masofa — 57,5 mln kilometrgaça yaqinlaşadi.

«Röpara turiş» deb Mars «Yer–Quyoş» çiziğining davomida Yer orbitasiga eng yaqin turgan holatiga aytiladi. Yer va Marsning yaqinlaşişi har 2 yilda sodir böladi va bu holatda Mars butun tun davomida körinib turadi.

Agar röpara turiş yozning oxirida röy bersa, bunda Mars özining Quyoşga eng yaqin nuqtasi — perigeydan ötayotgan böladi va Yer bilan örtadagi masofa 56–60 mln km ni taşkil etadi. Bunday qarama-qarşi turiş «buyuk röpara turiş», deb ataladi. Bu hodisa 15 yoki 17 yilda bir marta takrorlanadi. Bunday hodisa oxirgi marta 2003 yilning 27 avgustida sodir bölgan edi, u haqiqatdan ham Marsning «juda buyuk» röpara turişi edi, çunki ungaça masofa 56 mln kilometrdan kamroq qiymatni taşkil etgan edi.    

Hatto mana şunday yaqin masofadan ham osmonda Marsni yulduzdan farqlaş ança qiyin. 50 marta kattalaştira oluvçi teleskop yordamida uning faqat diskini köriş mumkin. Biroq Mars sirtidagi kanal va toğlarni köriş uçun kattalaştirişi 500 va undan yuqori bölgan teleskop zarur. Bundan taşqari kuzatuvni şahardan taşqari, atmosferasi çang va bulutlardan xoli bölgan, turbulentlik kam bölgan joyda ötkaziş lozim.

Özbekistondagi şunday joylardan biri — bu Maydanak toğidir, u yerda Astronomiya institutining observatoriyasi faoliyat olib boradi. Albatta, observatoriya Oy tutilişi va Marsning röpara turişini kuzatuvlar rejasiga kiritgan va tez kunlarda institut sayti www.astrin.uz orqali bu ajoyib hodisalarning davomida olingan fotosuratlar bilan taniştiramiz.

Yusuf TILLAYeV,

Fanlar akademiyasi Uluğbek nomidagi Astronomiya instituti ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari, fizik-matematika fanlari nomzodi