Joriy yilning 24 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi hay'atining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Mahkama axborot xizmati xabarida qayd etilişiça, aniqlangan tizimli qonun buzilişlarni amaldagi qonunçilikni takomillaştiriş va huquqni qöllaşda yagona amaliyotni şakllantiriş orqali bartaraf etişga qaratilgan faoliyat kuçaytirilib, Boş prokuratura tomonidan işlab çiqilgan 29ta qonun hujjatlari loyihalari belgilangan tartibda qabul qilingan.
Boş prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida iste'molçilarga yetkazib berilgan energiya resurslari va içimlik suvi uçun 14,2 trln söm, ijro hujjatlari böyiça 8,7 trln söm mablağlar undirilişi ta'minlangan.
Şu bilan birga, hay'at yiğilişida 2018 yil 1-yarmida prokuratura, Departament, Byuro va Inspektsiya organlari faoliyatida yöl qöyilgan ayrim kamçiliklar keskin tanqid qilinib, tegişli prokurorlar, Departament, Byuro, Inspektsiya rahbar xodimlarining tuşuntirişlari eşitildi.
Prokuratura organlari zimmasiga yuklatilgan barça vazifalarni sözsiz ijro etiş, Özbekiston Respublikasi prezidentining farmon, qaror va farmoyişlari, topşiriq va körsatmalarining qat'iy bajarilişi ustidan nazoratni yanada kuçaytiriş topşirildi.
Xususan, öta dolzarb hisoblangan farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş, xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş, eksport hajmini oşiriş, narxlar barqarorligini ta'minlaş, byudjyetga tuşumlarni köpaytiriş, yoshlar bandligini ta'minlaş, “Obod qişloq”, “Obod mahalla” va “Yoshlar-kelajagimiz” davlat Dasturlarini amalga oşirişda yöl qöyilayotgan kamçiliklar tahlil qilinib, bu borada nazorat samaradorligini oşiriş körsatib ötildi.
Prokuror nazorati tadbirlarida qonunbuzarliklarning asl sabablarini aniqlaş va bartaraf etiş, huquqni qöllaş sohasida yagona amaliyotni şakllantiriş, şu jumladan, qonunçilikni takomillaştiriş, prokuror nazorati amaliyoti sifati va ta'sirçanligini oşirişning barça zarur çoralarini köriş topşirildi.











