Toşkent şahri Uçtepa tumanida joylaşgan Turkiy davlatlar xalqaro universitetida talabalar “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatmagani uçun tuman IIB boşliği örinbosari tomonidan “15 sutka” bilan qörqitilgani aytilmoqda.
Kun.uz'ga murojaat qilgan talabalarning aytişiça, bir haftadan beri OTMga kirişda ulardan telefonlariga “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talab qilinyapti. 3-noyabr kuni Uçtepa tumani IIB boşliği örinbosari Abduraşid Oçilov boşçiligidagi guruh dars vaqtida auditoriyalarga bostirib kirib, talabalarning telefonlarini tekşirgan. Ilova örnatilmagan talabalardan uni yuklab oliş talab qilingan.
IIB boşliği örinbosari Abduraşid Oçilov unga savol bergan talabaning qölini qayirib, telefonini qölidan olişga uringani aytilyapti. Murojaatçiga köra, talaba ilovani örnatişdan boş tortmagan, faqat telefoni iPhone ekani sabab unga APK formatdagi ilovani örnata olmasligini bildirgan. Uning savoli ilova orqali şaxsiy maʼlumotlar tarqalib ketmasligi haqida bölgani, lekin bu savol IIB masʼulining jahlini çiqargani va 15 sutkaga qamatiş bilan qörqitgani iddao qilinmoqda.
Içki işlar vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan Kun.uz sörovini javobsiz qoldirdi.
Boşqa OTMda dekan işdan olingan
3-noyabr kuni Daryo.uz naşri Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti dekani Uluğbek Yöldoşev “Xavfsiz talaba” ilovasi bilan boğliq mojaro ortidan lavozimidan ozod etilganini xabar qildi.
ÖzDJTU talabalariga köra, 3-noyabr kuni universitetga kirişda ulardan ilovani örnatiş talab qilingan. Ilovani örnatmagan ayrim talabalar darslarga kiritilmagan, natijada maşğulotlarga keç qolganlarga davomat böyiça “nb” qöyilgan.
Şuningdek, ayrim talabalar dars davomida dekan, dekan örinbosari va tyutorlar auditoriyaga kirib, ilovani örnatmaganlardan uni yuklab olişni talab qilgani, rad etganlarga esa tanbeh berilganini bildirgan.
Jurnalist Muhrim Aʼzamxöjayev öz Telegram-kanalida Uluğbek Yöldoşevning işdan olingani adolatsizlik bölgani haqida fakultet jamoasi va talabalarning murojaatlarini eʼlon qildi.
Tarmoqda tarqalgan skrinşotda Toşkent şahridagi OTMlar kesimida talabalarning qançasiga “Xavfsiz talaba” ilovasini örnattirilgani haqidagi maʼlumot aks etgan:












