Farğonada MIB faoliyatiga oid noodatiy holat kuzatildi: byuroning Farğona şahar bölimi davlat ijroçisi viloyat boşqarmasiga nisbatan ijro işi qözğadi.

Fuqarolik işlari böyiça Farğona tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga köra, iş tafsiloti MIB Farğona viloyati boşqarmasi taftişçisining noqonuniy işdan böşatilgani bilan boğliq.

Daʼvogar Asqar Yusupov 2020-yil 4-dekabrdan MIB Farğona viloyati boşqarmasi taftişçisi lavozimida işlab kelgan. Byuro direktorining 2024-yil 8-iyuldagi buyruği bilan lavozimidan ozod qilingan. Boşqarmaning 2024-yil 17-iyuldagi buyruğiga asosan esa xizmatdan böşatilgan.

Asqar Yusupov Farğona viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati taftiş instansiyasining 2025-yil 3-dekabrdagi ajrimi bilan xizmatga tiklangan. Boşqarmadan uning foydasiga 217 mln söm iş haqi, 15 mln söm maʼnaviy zarar undirilişi belgilangan. Oliy sud fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati taftiş instansiyasining 2026-yil 24-fevraldagi ajrimi bilan iş haqi 215 mln sömga özgartirilgan.

Daʼvogar hozirda xizmatga tiklangan bölsa-da, unga lavozim va iş haqi berilmaganligini bildirib, daʼvoni qanoatlantirişni, şuningdek, majburiy progul uçun iş haqi va iş haqi tölovlari keçiktirilganligi sababli kompensatsiya undirişni söragan.

FIB Farğona tumanlararo sudining 2026-yil 20-iyuldagi qarori bilan qarzdor MIB Farğona viloyati boşqarmasidan daʼvogar Asqar Yusupov foydasiga 78 mln söm majburiy progul uçun iş haqi, 564,4 mln söm kompensatsiya undiriş belgilangan.

2026-yil 10-sentabrda MIB Farğona şahar bölimi davlat ijroçisi mazkur qarzdorlikni undiriş böyiça MIB Farğona viloyati boşqarmasiga nisbatan ijro işi qözğagan. Tartib böyiça boşqarmaga ijro talablarini ixtiyoriy bajariş uçun 15 kunlik muddat belgilangan.

Qarzni ixtiyoriy tölaşning 15 kunlik muddati tugaş arafasida. Ammo hozirça boşqarma ijro talablarini bajarmagan. Agar qarzdorlik bu muddatda yopilmasa, davlat ijroçisi öz rahbariyatiga nisbatan taʼsir çoralarini körişi kerak böladi.