Ukrainaga 2014 yilda Qizil armiya bostirib kirgan. AQŞning Ukrainadagi sobiq elçisi, Atlantika kengaşining Yevroosiyo markazi direktori Jon Xyorbst RTVi efirida şunday bayonot bilan çiqdi.
«Kreml boşçiligisiz, rus zobitlarisiz, Rossiya pullarisiz, Rossiya qurollarisiz Donbassda heç qanday mojaro kelib çiqmagan bölardi. Uşbu ğalayon Kreml tomonidan taşkillaştirildi. 2014 yil avgust oyida, agar Qizil armiya butun guruh sifatida Ukrainaga bostirib kirmaganida, Kiyev Ukraina şarqidagi barça hududlarni ortga qaytarar edi», - deya ma'lum qildi u.
Kiyev muntazam ravişda Rossiyani Donbassdagi mojaroga aloqadorlikda ayblaydi. Moskva, öz navbatida, bu ayblovlarni rad etib, dalillar yöqligi haqida iddao qilib keladi.












