“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Namangan şahrida zamonaviy metro tizimini quriş haqida petitsiya paydo böldi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar barçamizni birdek quvontirmokda. Şular qatorida avtomobil yöllarini kengaytiriş, yangi zamonaviy yöl usti köpriklarini quriş jadal rivojlanib bormoqda. Namangan şahrida ham sönggi yillarda bu masalaga katta ahamiyat berilmoqda. Taklifimiz, Namangan şahrida yer osti va yer usti metro infratuzilmasini yaratiş, çunki şahar aholisi köpayib bormoqda, transport xizmatiga bölgan ehtiyoj ham ortmoqda. Metro tizimi qurilişi bilan bir qança muammolar barham topadi, deyiladi murojaatda.

“Birinçidan, şahar aholisining transport bilan boğliq muammosi yeçiladi. 

Ikkinçidan, Namangan şahriga keluvçi mehmon va çet ellik turistlar ham metrodan foydalanişiga hamda içki turizmning rivojiga katta turtki böladi. 

Uçinçidan, yozning issiğida ham qişning qahraton sovuğida ham metrodan foydalaniş aholi uçun qulaylik tuğdiradi. Şahar körkiga körk qöşadi, qolaversa mahalliy byudjyetga ham salmoqli hissasini qöşadi. 

Namangan şahrida metro qurilsa, bu ham xalqqa, ham davlatga birdek foyda keltirişiga işonamiz. Metro qurilişida seysmik çidamlilik talablariga rioya etilsa, bu transport turi eng xavfsiz va harakatlaniş uçun juda qulaydir”, - deyilgan murojaat matnida.

Petitsiya muallifining fikriça, metroni işga tuşiriş uçun mahalliy va respublika byudjyeti, şuningdek çet el sarmoyasini jalb qiliş lozim. Davlat xususiy şerikçiligi asosida taşkil qilinişi ham mumkin. Yoki ba'zi çet davlatlarida bölgani kabi 100% çet el sarmoyasi hisobiga qurilib, 10-25 yilga çet ellik investorga foydalaniş huquqini beriş mumkin. Mazkur muddat tugagaç, metro mahalliy hokimiyat balansiga ötkazilib, tuşumi mahalliy byudjyetga ötkaziladi. Keyinçalik bir neça bekatlardan iborat bölgan metro tizimiga Namangan şahriga yaqin tumanlarni boğlovçi liniyalarni quriş mumkin.