Rossiya Davlat dumasi deputati va estrada qöşiqçisi Iosif Kobzon komaga tuşdi. Bu haqda REN TV telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, şanbaga ötar tunda Kobzonning ahvoli keskin yomonlaşgan.
27 iyul kuni qöşiqçi öpkalarga qöşimça havo yuboriş uskunasiga ulab qöyilgani xabar qilindi. Bundan oldin artist Moskvadagi şifoxonalaridan birining neyroxirurgiya bölimi jonlantiriş bölimiga ötkazildi. Uning ahvoli oğir, biroq barqaror deb baholanayotgandi.
Iosif Kobzonning singlisi Gelena Kandel RT telekanali bilan suhbatda artist komada ekanligi haqidagi ma'lumotni inkor qildi.
Uning sözlariga köra, Kobzon xotini va tibbiyot hamşirasi bilan qahva içib ötiribdi. «Uning va qarindoşlarimizning ustidan qanday qilib şunday mazax qiliş mumkin? Hozir barça qarindoşlarga qönğiroq qilib çiqdim, çunki ular bu xabardan şokka tuşib qolişdi», - dedi Kandel.
Şuningdek, Kobzonning singlisi artist rejalaştirilgan davolanişda ekanini ta'kidladi. «U kasalligi tufayli bu davolanişga muhtoj... Unda özining şaxsiy makoniga ega böliş huquqi bor. Sizlar uning ijodi haqida yozişingiz mumkin, lekin uning soğliğiga aralaşiş - bu qabul qilib bölmas narsa. Bu birga qayğuriş emas. Bu qotillik. Agar u internetdan foydalanganda nima bölardi?» - deydi Kandel.












