Bu haqda prezidentning «Xalq ta'limi tizimini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni loyihasida aytiladi.

Hujjatda qayd etilişiça, Özbekistonda maktablarning 28 foizi kompyuter sinflariga ega emas, 63 foizida zamonaviy uskunalar yöq, 93 foizi yuqori tezlikdagi internetga ega emas.

Xalq ta'limi vazirligi ma'lumotlariga köra, maktablarda yetarliça elektron ta'lim resurslari mavjud emas, öquv jarayonini taşkil etişda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda, moliyaviy xarajatlarni boşqarişda oşkoralikni ta'minlaşda oqsoqlik mavjud.

Bundan taşqari, ta'lim muassasalari va aholi örtasida samarali muloqot kanallarining yöqligi, maktablar va ta'lim tizimi ustidan jamoat nazoratining samarasiz tizimi, ijtimoiy tarmoqlar va boşqa ommaviy axborot vositalarida ta'lim tizimi rahbarlarining passivligi Özbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tuşgan şikoyat va murojaatlarining köpayişiga olib kelmoqda (21,8 mingta murojaat).

Yuqorida keltirilgan muammolardan kelib çiqqan holda, vazirlik öquv-tarbiya jarayoni hamda xalq ta'limi muassasalarining boşqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etişni, şuningdek, keng jamoatçilik nazoratini ta'minlaşni taklif etadi.

Hujjatni işlab çiquvçilar 2021 yil oxiriga qadar barça xalq ta'limi muassasalarini internet tarmoğiga keng polosali kiriş imkoniyati bilan ta'minlaşni taklif qilmoqda.