Xitoy hukumati AQŞ tomonidan Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar joriy etilsa, javob çoralarini körişini bildirdi. Bu haqda Xitoy moliya vazirligi saytida ma'lum qilindi. Pekin AQŞda işlab çiqarilgan 60 milliard dollarlik mahsulotlar importiga boj kiritişga tayyor.

Oq uy 1 avgust kuni Xitoyning yillik 200 milliard dollarlik mahsulotlari importiga kiriş bojlarini 25%ga oşirişni rejalaştirganini tasdiqladi. Avvalroq Amerika hukumati Xitoydan import qilinadigan 35 milliard dollarlik mahsulotlarga 25%lik boj kiritgandi.

Iyun oyi örtalarida AQŞ XXRda işlab çiqarilgan mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy etdi, bu Amerikaga import qilinadigan Xitoy mahsulotlarining öndan bir qismiga nisbatan qöllanildi. 

Xitoy ham öz navbatida AQŞdan import qilinadigan 659 nomdagi mahsulotga 25 foizlik kiriş boji joriy etişini ma'lum qildi.