Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitaroviç 1995 yil avgustda xorvat qurolli kuçlarining “Böron” operatsiyasiga boşçilik qilgan generallar Ante Gotovin va Mladena Markaçlarni mukofotladi. Bu haqda prezident devoni xabar berdi.
Xalqaro sud vakillari ilgari Gotovinni "birinçi raqamli xorvat harbiy jinoyatçisi" deb ataşgandi. 2008 yil 11 martda Gaagadagi Xalqaro jinoiy tribunalda serb fuqarolariga qarşi harbiy jinoyatlarda ayblangan general va uning ikki yordamçisi ustidan sud jarayoni boşlangandi. 2011 yil 15 aprelda sobiq Yugoslaviya böyiça xalqaro tribunal Gotovinni 24 yilga ozodlikdan mahrum qilişga hukm çiqargandi.
Ammo 2012 yil 16 noyabrda xalqaro tribunal apellyatsion palatasi generalni oqlagandi. Xorvatiyada generalni qahramonlardek kutib olişdi, mamlakat prezidenti Kolinda Grabar-Kitaroviç esa uni milliy xavfsizlik kengaşi tarkibiga kiritdi.
General Mladen Markaç ham serblarga qarşi jinoyatlarda ayblanib 18 yilga qamalgandi. 2012 yil kuzida u ham oqlangan va Xorvatiyaga qaytgandi.












