Dunyodagi oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniyalardan biri Amerikaning Kraft Heinz Co. (bozor qiymati 72,31 mlrd dollar) 7 yil içida atrof-muhitga zarar yetkazuvçi qadoqlaşdan butunlay voz keçişni rejalaştirayotganini ma'lum qildi. 2025 yilga borib, butun dunyo böylab Kraft Heinz tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlarning 100 foizi qayta işlanadigan, qayta foydalaniş mumkin yoki kompost qadoqlarda sotiladi, deya xabar beradi kompaniya öz veb-saytida.
Yevropada 2022 yilga kelib, barça Heinz tomat ketçupi an'anaviy plastik idişda emas, balki oziq-ovqat sanoati uçun yangi qadoq sifatida işlov berilişi mumkin bölgan materiallardan tayyorlangan qadoqda böladi.
Uşbu maqsadlarga erişiş uçun kompaniya bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlaş uçun işlatiladigan materiallarga «tajovuzkor ravişda» texnik muqobil variantlarni izlaşi va bu sohadagi mutaxassislar hamda taşkilotlar bilan hamkorlik qilişni va'da qildi.
Şu tariqa, Kraft Heinz Unilever, Procter & Gamble, Nestle va Colgate Palmolive kabi boşqa jahon gigantlariga qöşildi. Ular öz mahsulotlari qadoğini atrof-muhitga ziyon yetkazmaydigan qilib tayyorlaş böyiça aniq muddatlarni örnatgan. Kraft Heinz’da kompaniyaning dunyodagi obrösi uçun mas'ul bölgan Karolina Krayevskining Bloomberg agentligiga ma'lum qilişiça, butun mahsulotlar qadoqlari qayta körib çiqiladi. Jumladan, Heinz ketçupi, Capri Sun şarbati va Kraft Singles pişloğining an'anaviy plastik paketlari ham. Hozirgi kunda uşbu mahsulotlarning köp qatlamli qadoğini qayta işlaş juda qiyin, çunki unda işlatiladigan alyuminiy folga va plastikni ajratiş muşkul.
Krayevskining eslatişiça, sönggi yillarda ham iste'molçilar, ham investorlar kompaniyadan ekologiya maqsadlarida mahsulotlarni qadoqlaşni özgartirişni talab qilgan. Aktsiyadorlarning oxirgi umumiy yiğilişida iştirokçilarining 13%dan ortiği kompaniya mahsulotlari sotiladigan qadoqlarni qayta işlaş imkoniyati töğrisida hisobot tayyorlaş taklifini qöllab-quvvatladi.
H.J. Heinz kompaniyasiga 1869 yilda Pensilvaniya ştatida Jon Xaynts tomonidan asos solingan. Kompaniyaning asosiy mahsuloti - tomat ketçupi va turli xil soslar. 2013 yil fevral oyida kompaniya Braziliyaning 3G Capital investkompaniyasi va amerikalik milliarder Uorren Baffettning Berkshire Hathaway fondi tomonidan 23 milliard dollar evaziga sotib olindi.





