Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.
Qişloq xöjaligiga taʼsiri. Hafta boşida kutilayotgan yoğingarçilik tuproqda nam zaxirasini oşirib, kuzgi buğdoyning unib çiqişi va dastlabki rivojlanişi uçun qulay şaroit yaratadi. Ayniqsa, yomğir kutib turgan lalmi maydonlar uçun bu muhim.
Biroq kuçli yomğirlar pastqam maydonlarda suv töplanişi va tuproq yuvilişiga sabab bölişi, dala işlarini vaqtinça qiyinlaştirişi mumkin. Keyingi kunlarda havoning sovişi kutilayotgani bois, boğ va tokzorlarda ham mahalliy şaroitdan kelib çiqib, zarur himoya çoralarini köriş maqsadga muvofiq.
Aholi salomatligiga taʼsiri. Nam va şamolli ob-havo, uning ortidan haroratning pasayişi, ayniqsa, keksalar, bolalar, astma va yurak-qon tomir kasalliklari bor kişilar uçun noqulaylik tuğdirişi mumkin.
Ob-havoga mos kiyiniş, yomğirda höl bölgan kiyimni almaştiriş va kunning sovuq soatlarida oçiq havoda uzoq qolmaslik tavsiya etiladi. Toğli hududlarda esa kuçli yoğingarçilik paytida sel xavfini ham hisobga oliş lozim.



