Ukraina Infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning ma'lum qilişiça, Rossiya tomoni Qrim köprigi, şuningdek, Azov dengizidagi harbiy-dengiz kuçlaridan kema egalarida Ukrainaning Berdyansk va Mariupol portlariga kiriş imkoni yöqqa çiqişi uçun foydalanmoqda. Vazir bu haqda «112 Ukraina» telekanali efirida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, sodir bölgan voqea şunga olib keldiki, Berdyansk va Mariupol portlariga kemalar kirişi 10 foizga kamayib ketdi, bu esa «yuz millionlab grivnaga» teng bölgan töğridan-töğri yöqotişlarni keltirib çiqardi.
«Agarda ijtimoiy-iqtisodiy samara hisoblab çiqilsa, Rossiya tomoni xatti-harakatlari tufayli Kerç böğoziga yoki Azov dengiziga kirişda kutib turişi kerak bölgan kema egalarining yöqotişlari sanaladigan bölsa, bu yöqotişlar bir neça barobarga baland böladi», - deydi Omelyan.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya tomonining harakati Ukrainadagi vaziyatni «beqarorlaştirişga» qaratilgan. Vazirning ta'kidlaşiça, Kiyev bu borada ittifoqçilarning yordamiga muhtoj.
«Biz hamkorlarimiz bilan birga, Rossiyaning Qora dengiz portlariga qarşi şu kabi çoralarni qöllaş böyiça iş olib bormoqdamiz», - deya aniqlik kiritdi Omelyan.












