Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda örganiş va tarğib qilişning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya iştirokçilariga tabrik yölladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. Quyida tabrik matni keltiriladi.

Hurmatli konferensiya qatnaşçilari! 
Qadrli döstlar! 
Xonimlar va janoblar!
Avvalambor, siz azizlarni – dunyoning olis va yaqin turli qit'a va mintaqalaridan yurtimizga taşrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni bugungi adabiy anjumanning oçilişi bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
 
Sizlarning uşbu nufuzli xalqaro konferensiyadagi iştirokingizni biz birinçi navbatda özbek xalqiga, uning qadimiy va boy ma'naviy merosiga, zamonaviy adabiyotiga bölgan çuqur hurmat va e'tiborning amaliy ifodasi sifatida qabul qilamiz. 

Biz sizlarning har biringizni özbek adabiyoti va madaniyatining mohir bilimdoni va jonkuyar tarğibotçisi, Özbekistonning çinakam dösti, ma'naviyat sohasidagi işonçli hamkorimiz deb bilamiz va sizlarning olijanob faoliyatingizni yuksak baholaymiz.

Fursatdan foydalanib, milliy adabiyotimizni öz yurtingizda va xalqaro maydonda beğaraz tarğib va taşviq etib kelayotganingiz uçun barçangizga samimiy minnatdorlik izhor etişni özimning şarafli burçim, deb bilaman.

Muhtaram anjuman iştirokçilari!

Ğoyat muhim va dolzarb mavzuga bağişlangan uşbu konferensiya Özbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami arafasida bölib ötayotgani öziga xos ramziy ma'noga ega.

Bundan yigirma yetti yil oldin xalqimizning xohiş-irodasi va azmu qarori bilan qölga kiritilgan milliy mustaqillik biz uçun jahon xalqlarining erkin va ozod oilasiga teng huquqli a'zo bölib kiriş, dunyo hamjamiyati bilan barça sohalarda, jumladan, madaniy-gumanitar sohada samarali hamkorlik örnatiş imkonini yaratib berdi. 

Bugungi kunda Özbekiston öz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqiçiga qadam qöymoqda. Biz milliy tiklanişdan – milliy yuksalişga erişişni öz oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qöydik. Bu uluğ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bölib yaşaş, oçiq demokratik jamiyat quriş, hayotimizda milliy va umumbaşariy qadriyatlarga hurmat tuyğusini yanada keng qaror toptiriş orqaligina erişiş mumkinligini biz yaxşi anglaymiz. 

Ayni şu nuqtai nazardan qaraganda, özbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda örganiş va tarğib qiliş, köpqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy boğliq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar çiqariş, kelgusi vazifalarimizni belgilab oliş, öylaymanki, katta ahamiyatga ega.

Ayniqsa, hozirgi notinç va tahlikali zamonda butun başariyat oldida paydo bölayotgan, biz ilgari duç kelmagan ğoyat murakkab muammolar, global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etiş, şu yölda barça ezgu niyatli insonlarni birlaştirişda, dunyo aholisining qariyb uçdan bir qismini taşkil etadigan yoşlarni gumanistik ğoyalar ruhida tarbiyalaşda badiiy söz san'atining örni va mas'uliyatini har qaçongidan ham yuksaltiriş zarurligini bugun hayotning özi taqozo etmoqda. 

Bu borada Özbekistonda amalga oşirilayotgan e'tiborga molik işlar, xususan, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, madaniyat, san'at va adabiyot sohalarini izçil rivojlantiriş, bozor iqtisodiyoti şaroitida ilm va ijod ahlini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, kitobxonlik madaniyatini oşiriş kabi vazifalar davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylangani haqida sizlar konferensiya işi davomida yetarliça ma'lumotga ega bölasiz, deb öylayman.

Bu haqda gapirganda, bir fikrga alohida urğu berişni örinli, deb bilaman. 

Biz Özbekistonda “Adabiy döstlik – abadiy döstlik” degan çuqur ma'noli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini özbek tiliga tarjima qiliş va naşr etiş masalasiga ğoyat jiddiy e'tibor qaratmoqdamiz. 

Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bölgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimaşunoslik böyiça öziga xos ijodiy maktab şakllanganini alohida ta'kidlaş lozim.

Şu bilan bir qatorda, asrlar davomida komil inson tarbiyasi, adolatli jamiyat, şaxs erkinligi, Vatan ozodligi, bunyodkorlik, bağrikenglik va baynalmilalçilik, odamiylik kabi ölmas fazilatlarni tarannum etib kelayotgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga ögiriş va çet ellarda tarğib etiş böyiça ham mamlakatimizda katta işlar amalga oşirilmoqda. 

Bu borada respublikamiz ta'lim muassasalarida özbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirğiz, turkman tillarida ta'lim beriş yölga qöyilgani, oliy öquv yurtlarimizda ingliz, fransuz, nemis, ispan, yapon, xitoy, koreys, arab filologiyasi maxsus fan sifatida öqitilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni vaqtda bu sohada ham oldimizda köpgina dolzarb va muhim vazifalar turganini ham qayd etiş zarur. Xususan, hozirga qadar jahon adabiyotidan ona tilimizga tarjima qilingan aksariyat asarlar vosita tillar orqali amalga oşirilgan va bu hol bugungi kunda ham davom etmoqda. Yoş tarjimonlarimiz asliyat tilini yaxşi bilsalar-da, köp hollarda ularda badiiy mahorat yetişmayapti. Xuddi şunday holatni özbek adabiyoti namunalarini boşqa tillarga tarjima qiliş sohasida ham kuzatiş mumkin. 

Bugun mamlakatimizda sizlarning faol sa'y-harakatingiz bilan birinçi bor ötkazilayotgan uşbu xalqaro konferensiya mana şunday muhim ijodiy muammolarni atrofliça muhokama qiliş, bu borada xalqaro tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalaniş, döstlik aloqalarini tiklaş va mustahkamlaş, ijodiy uyuşmalar, adabiy naşrlar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş, özaro bordi-keldilarni yölga qöyişga doir amaliy takliflar işlab çiqişga xizmat qiladi, deb işonaman. 

Bu muhim yönalişda biz sizlar bilan har tomonlama samarali hamkorlik qilişga doimo tayyormiz. Jumladan, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qoşida sizlarning iştirokingizda Özbek adabiyotining xorijiy döstlari kengaşini tuziş va uning faoliyatini tizimli asosda taşkil etiş bu yöldagi dastlabki amaliy qadam bölişi mumkin. 

Muhtaram döstlar!

Bundan yuz yil muqaddam buyuk özbek şoiri Abdulhamid Sulaymon öğli – Çölpon “Adabiyot yaşasa, millat yaşar!” degan otaşin da'vat bilan maydonga çiqqan edi. 

Hayot va tarix sinovlaridan ötgan teran ma'noli bu sözlar bugun ham öz ahamiyati va qimmatini yöqotgan emas. Darhaqiqat, adabiyot, san'at va madaniyat yaşasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yaşaydi. 

Mana şunday ezgu va şarafli işga öz hayotini bağişlagan siz, azizlarga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, baxt va omad, konferensiya işiga muvaffaqiyat tilayman.