Özbekistondagi şakar işlab çiqaruvçi zavodlarning kamida bittasi bu yil iş faoliyatini qayta tiklaşi mumkin, deya xabar berdi «Özbekoziqovqatxolding» XK raisi örinbosari Asatilla Salimov Kun.uz muxbiriga.
2017 yil oxirida yiliga 700 ming tonna şakar işlab çiqariş quvvatiga ega ikkita «Xorazm-şakar» va «Angren-şakar» zavodlari milliy valyutaning devalvatsiyasi sababli öz işini töxtatib qöydi.
Salimovning sözlariga köra, kursning sakraşi tufayli ularning şakari endi 6000 söm turadi. Şu sababli, Özbekiston içki talabni nisbatan arzonroq import şakari hisobidan töliq qoplaşga majbur.
«Kurs keskin özgarganligi sababli, ular hozirça narx böyiça raqobatlaşa olmaydi. Şuning uçun zavodlarimiz hozir işlamayapti. Menimça, bu yil Angrenda şakar işlab çiqariş boşlanadi. Hozirda ular narx omili, logistikani örganmoqda. Davlat şakarning 6-7 ming turişini xohlamaydi», - deydi Salimov.
Uning ta'kidlaşiça, korxonalar rahbariyati mahalliy şakarning tannarxini pasaytiriş maqsadida logistika va boşqa xarajatlarni optimallaştiradi. Xomaşyo yetkazib beruvçilar sifatida Pokiston, Tailand yoki Kuba körilmoqda. «Agar zavodlar iş boşlasa, umuman olganda, ular asosan içki talabni qondira oladi», - deya qayd etib ötdi xolding raisining örinbosari.
Uning sözlariga köra, yana bir töxtatib turuvçi omil qand lavlagisini yetiştiriş uçun yerning yetişmasligida. Şu sababli, mahalliy korxonalar özlarining quvvatlarini xorijdan keltirilgan şakarqamiş bilan töldirişga majbur.












