2027-yil 1-yanvardan Özbekistonda oziq-ovqat sanoati korxonalari uçun oq şakar importiga kvotalar joriy etiladi. Kvotalarning umumiy hajmi yiliga 300 ming tonnani taşkil etadi. Bu - Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi «Mahalliy şakar işlab çiqarişni rivojlantiriş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş va şakar bozorini barqarorlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 417-son qarorida nazarda tutilgan.

Gazeta.uz’ning qarorga tayanib xabar berişiça, hujjat XDFU grifi ostida bölib, jamoatçilik uçun yopiq. Yopiq qarorda kvotalar uç yönaliş böyiça taqsimlanişi belgilangan:

  • içimliklar işlab çiqaruvçilarga - 100 ming tonna;
  • qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga - 100 ming tonna;
  • boşqa oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga - 100 ming tonna.

Şu bilan birga hujjatda içki isteʼmol, işlab çiqariş quvvatlarining yuklanişi, import va içki bozordagi narxlarni hisobga olgan holda kvotalarni har 6 oyda qayta körib çiqiş imkoniyati nazarda tutilgan.

Kvotalar miqdori böyiça takliflarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobat qömitasi hamda Milliy statistika qömitasi tayyorlaydi. Hukumat har yili noyabr oyida keyingi yil uçun kvotalarni tasdiqlaşi kerak.

2027-yil 1-yanvardan davlat taşkilotlari va korxonalari oq şakar xarid qilişda birinçi navbatda mahalliy işlab çiqaruvçilar mahsulotlarini sotib oladi. Davlat zaxiralari ham aynan şu korxonalar hisobidan şakllantirilişi va mahsulotlarning butun hajmi birja orqali sotilişi belgilangan.

Qarorda zavodlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari ham tasdiqlangan. Jumladan, ularning Özsanoatqurilişbank oldidagi kreditlarini qaytariş muddati 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgaça uzaytiriladi. 2026-yil 1-avgustdan 2031-yil 1-avgustgaça mahalliy şakar zavodlari xorijiy valyutada jalb qilgan kreditlar böyiça foiz xarajatlarining 50 foizgaça bölgan qismi Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi jamğarmasi hisobidan qoplab beriladi.

Hukumat Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mahalliy şakar zavodlarini 2031-yil 1-yanvarga qadar foyda soliği va mol-mulk soliğidan ozod qilişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini tayyorlaşni ham topşirgan.

«Bojning özidan 65 mln dollar yöqotiladi»

Iqtisodçi Otabek Bakirov şakar importini kvotalaş va soliq imtiyozlari beriş böyiça yopiq qarorni keskin