Özbekistonda 2027-yildan boşlab alkogolsiz içimliklarni tarkibidagi şakar miqdoriga qarab turli ranglarda markirovkalaş tartibi joriy etilişi mumkin. Soğliqni saqlaş vazirligi bu haqdagi hukumat qarori loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Taklifga köra, 2027-yil 1-yanvardan boşlab Özbekiston hududida işlab çiqariladigan va import qilinadigan alkogolsiz içimliklarni tamğalaşda har 100 ml mahsulotning tarkibidagi umumiy şakar miqdoridan kelib çiqib quyidagi majburiy ogohlantiruvçi yozuvlar qöllaniladi:
5 grammdan 8 grammgaça şakar mavjud bölganda - sariq fonda qora rangda “ÖRTAÇA ŞAKAR MIQDORI”;
8 grammdan 11 grammgaça şakar mavjud bölganda - töq sariq fonda qora rangda “ŞAKAR MIQDORI YUQORI”;
11 gramm va undan yuqori şakar mavjud bölganda - qizil fonda oq rangda “JUDA YUQORI ŞAKAR MIQDORI - TEZ-TEZ ISTEʼMOL QILIŞ SALOMATLIKKA ZARAR”.
Bunda mazkur yozuvlar quyidagi talablarga muvofiq bölişi lozim:
mahsulot qadoğining old qismida joylaştirilişi;
qadoq umumiy yuzasining kamida 15 foizini egallaşi;
kontrastli ranglarda ifodalanişi;
isteʼmolçi tomonidan birinçi qaraşda aniq körinadigan tarzda joylaştirilişi;
mahsulot tarkibi, kaloriyasi hamda kunlik isteʼmol meyori töğrisidagi maʼlumotlarni öz içiga olgan QR-kod bilan taʼminlanişi.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi:
2027-yil 1-martgaça alkogolsiz içimliklarni laboratoriya tahlilidan ötkaziş böyiça yagona metodikani tasdiqlaşi;
2027-yil 1-sentabrga qadar mazkur metodika asosida akkreditatsiyadan ötgan laboratoriyalarda şakar miqdorini aniqlaş amaliyotini yölga qöyişi taklif etilmoqda.












