2018 yilning birinçi yarmida Dubay butun dunyodan 8,1 million nafar sayyohni qabul qildi. RATA-news şu haqida xabar berdi.
Mazkur statistika Dubayda kamida bir sutkaga töxtagan barça mehmonlarni öz içiga olgan.
Dubay Turizm va tijoriy marketing departamenti ma'lumotlariga köra, uç asosiy bozor ötgan yilning şu davriga nisbatan barqaror natijalarni qayd etgan - bu Hindiston, Saudiya Arabistoni va Buyuk Britaniya.
Xitoydan taşrif buyurganlar soni 453 ming (+9 foiz)ni taşkil qilib, törtinçi örinni qayd etdi. Eng tez ösayotgan bozorlar röyxatini Rossiya boşqardi. Birinçi yarim yillikda bu mamlakatdan borganlar soni 405 ming nafarni taşkil qilgan (+74 foiz).
Ta'kidlaş joizki, Xitoyga ham, RFga ham körsatkiçlarni oşirişda vizasiz rejim yordam bermoqda. Dubay turistik hukumati şuningdek sayyohlar oqimi oşişining boşqa sabablarini ham körsatmoqda. Masalan, yaqinda joriy qilingan tranzit vizalar - ular tufayli tranzit yölovçilar BAAda ilk 48 soat davomida böliş uçun barça tölovlardan ozod etilmoqda.
Dubay foydasiga qöşimça dalillar orasida mehmonxona bazasining xilma-xilligi ham qayd etilgan. Bugungi kunda amirlikda 111 317 nomerni öz içiga olgan 700 mehmonxona sayyohlarga xizmat körsatmoqda.












