Aholining ijtimoiy kafolatlarini ta'minlaş, ayniqsa keksalar va jismoniy imkoniyati çeklangan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş borasida kölamdor işlar amalga oşirilmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Oybek Egamov. 

Kuni keça parlament quyi palatasining navbatdagi yiğilişida sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan mustahkamlaş, uçrayotgan kamçiliklarni bartaraf etiş hamda sohani yanada rivojlantiriş  maqsadida “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga qöşimçalar va özgartiş kiritiş haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.  

Xöş, mazkur qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritişga nima zarurat böldi?

Hududlarda aholi bilan ötkazgan uçraşuvlarimizda, oçiq muloqotlarda fuqarolar tomonidan turli sohalarga tegişli muammo va kamçiliklar kötarilmoqda. Jumladan, pensionerlar tomonidan obektiv va sub'yektiv sabablarga köra, pensiya jamğarmasi tomonidan ortiqça tölov holatlari aniqlangan taqdirda, uşbu summalarni tölanayotgan pensiya miqdoridan uşlab qoliş töğrisida qarorlar asosida ma'lum miqdordagi mablağlar sabablarini çuqur örganmasdan çegirib qolinayotganidan e'tiroz bildirilib kelinayotgan edi.

Şuningdek, ba'zi holatlarda Pensiya jamğarmasining qarorlaridan norozi bölgan pensionerlar, ya'ni ular tomonidan ayb yöqligi yoki qasddan pensiyani oşirişga harakatlar amalga oşirilmagani sababli yuqori turuvçi organlarga, şuningdek sudlarga murojaat qilmoqdalar. Natijada fuqarolarning noroziligi va sud organlari tomonidan körib çiqilayotgan da'vo arizalari soni ortib bormoqda.

Yuqoridagilarni e'tiborga olib, amaldagi qonunning 65-moddasi ikkinçi qismi yangi mazmun bilan töldirilmoqda. Unga köra, pensioner byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tuman (şahar) bölimining pensiyadan ortiqça tölangan summalarni undiriş töğrisidagi qaroridan norozi bölganda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida, biroq u aniqlangan sanadan uç yildan oşmagan davr uçun undiriladi.

Xalqaro amaliyot örganilganda qariyb barça MDH mamlakatlarida umumiy da'vo muddati uç yil etib belgilangani ma'lum böldi.

Şuningdek, prezidentning 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2017 yil 28 dekabrdagi “Mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi ayrim alohida toifadagi pensionerlarga maqbul şaroitlar yaratiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonlari asosida işlab çiqilgan mazkur qonun loyihasida yana bir muhim yangilik közda tutilgan.   

Ya'ni, uşbu qonun loyihasida Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan röyxatlarga muvofiq, alohida toifadagi I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga — erkaklarga iş staji kamida 25 yil bölgan taqdirda, ayollarga iş staji kamida 20 yil bölgan taqdirda umumiy belgilangan pensiya yoşini 5 yilga qisqartirgan holda imtiyozli şartlarda yoşga doir pensiya tayinlaş nazarda tutilmoqda. Amaldagi qonunçilikka muvofiq, masalan I va II guruh nogironligi bölgan erkaklar 60 yoşdan pensiyaga çiqiş kerak bölgan bölsa, mazkur qonun loyihasiga binoan, ular 25 yillik stajga ega bölsa, 55 yoşida çiqişiga ruxsat etilişi nazarda tutilmoqda. Uşbu hujjat qabul qilingan taqdirda, 143 mingdan ziyod I va II guruh nogironligi bölgan fuqarolar ana şu imtiyozli ravişda pensiya oliş huquqiga ega bölişi kutilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, mazkur qonun fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, nogironligi bölgan şaxslarning huquq va manfaatlarini ta'minlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.