Qonunçilikka köra ayrim hollarda çet elga çiqiş çeklanişi mumkin. Masalan, agar şaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bölsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar uni çet elga çiqişi çeklanadi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Bunda şuni hisobga oliş lozimki, xorijga çiqişni çeklaş faqatgina eng kam iş haqining ikki baravaridan ortiq qarzdorlik (368 600 söm) uçun qöllaniladi.
Taqiq bor-yöqligini esa davlat ijroçilariga rasman yozma ravişda murojaat qiliş orqali biliş mumkin. Şuningdek taqiqlarni Majburiy ijro byurosining sayti (https://mib.uz/restriction) orqali ham tekşirib köriş mumkin (hozirda test rejimida işlayapti).
Agar şaxsga taqiq qöllanilgan bölsa, u qarzlarni tölagandan keyin ijroçidan taqiq olib taşlanganiga aniqlik kiritib olişi maqsadga muvofiq.












