2026-yilning yanvar–iyun oylarida Özbekistonga xorijiy davlatlardan 1 649 kişi doimiy yaşaş maqsadida köçib kelgan. Uşbu körsatkiç 2025-yilning şu davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 barobarga oşgan.
Statistika qömitasiga köra, xorijdan doimiy yaşaş uçun köçib kelganlarning asosiy qismi Rossiya (580 nafar), Qozoğiston (362 nafar) hamda Tojikiston (147 nafar) hissasiga töğri kelgan. Boşqa davlatlardan 560 kişi köçib kelgan.
Hududlar kesimida xorijdan köçib kelganlar soni:
Toşkent şahriga - 1 089 nafar;
Toşkent viloyatiga - 269 nafar;
Qoraqalpoğiston Respublikasiga - 115 nafar;
Navoiy viloyatiga - 31 nafar;
Samarqand viloyatiga - 22 nafar;
Xorazm viloyatiga - 21 nafar;
Surxondaryo viloyatiga - 18 nafar;
Sirdaryo viloyatiga - 15 nafar;
Farğona viloyatiga - 15 nafar;
Buxoro viloyatiga - 13 nafar;
Namangan viloyatiga - 13 nafar;
Jizzax viloyatiga - 12 nafar;
Andijon viloyatiga - 11 nafar;
Qaşqadaryo viloyatiga - 5 nafar.
2026-yilning yanvar–iyun oylarida Özbekistondan xorijiy mamlakatlarga 5 422 kişi doimiy yaşaş maqsadida köçib ketgan. Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 129 kişiga yoki 2,3 foizga kamaygan.
Özbekistonliklar doimiy yaşaş uçun asosan Qozoğiston, Rossiya, Koreya kabi davlatlarga köçib ketişgan.













