«Real» klubi yarimhimoyaçi Luka Modriçni «Inter»ga qöyib yuborişga tayyor. Lekin buning uçun bir şart bajarilişi kerak.

Sky Sports naşri xabariga köra, Modriç Italiyaga köçib ötişi uçun madridliklar jamoasi avval unga örinbosar topişi lozim böladi.

Ayni paytda, «Tottenhem» yarimhimoyaçisi Kristian Eriksen xorvatiyalik futbolçining örnini bosişga munosib nomzod sifatida körilmoqda.

Biroq, «Tottenhem» 26 yoşli daniyalik uçun kamida 200 million yevro söramoqda. Çunki, Angliyada transfer bozori 9 avgust kuniyoq yopilgani sababli, «şporlar» unga örinbosar olişolmaydi.

Bundan avvalroq Modriçning agenti futbolçi milanliklar klubiga ötişni istayotgani haqida gapirgandi.