Luka Modriç «Real»dan ketişini e’lon qildi. «Madrid» tarixidagi eng sovrindor futbolçi 13 mavsumdan keyin, 40 yoş arafasida klubni tark etadi.

Modriç ketişi haqida ta’sirli maktubida xabar qildi:

«Qadrli madridlik muxlislar,

Vaqt yetib keldi. Bu — men heç qaçon bölişini xohlamagan lahza, ammo futbol şunday. Hayotda ham har bir narsaning boşi va oxiri böladi. Şanba kuni men «Santyago Bernabeu»dagi sönggi öyinimni ötkazaman.

Men 2012 yilda dunyoning eng yaxşi jamoasi libosini kiyiş orzusi va katta işlar qilişga bölgan iştiyoq bilan bu yerga kelgan edim. Lekin keyin nimalar bölişini tasavvur ham qila olmasdim.

«Real»da öynaş mening hayotimni futbolçi sifatida ham, inson sifatida ham özgartirdi. Tarixdagi eng buyuk klubning eng muvaffaqiyatli davrlaridan biriga guvoh va iştirokçi bölganimdan faxrlanaman.

Yuragimdan, çin könglimdan klubga, ayniqsa prezident Florentino Peresga, jamoadoşlarimga, murabbiylarga va bu yillar davomida menga yordam bergan barçaga öz minnatdorligimni bildiraman.

Bu davr içida men ajoyib lahzalarni boşdan keçirdim. Imkonsizdek tuyulgan kambeklar, finallar, bayramlar va «Bernabeu»dagi sehrli keçalar... Biz hamma narsani yutdik va men juda xursand böldim. Juda-juda xursand...

Biroq ğalabalar va sovrinlardan ham muhimi — men yuragimda barça «Real»çilarning muhabbatini olib ketyapman. Sizlar bilan mendagi alohida boğliqlikni qanday izohlaşni ham bilmayman.

Özimni qöllab-quvvatlangan, hurmat qilingan va sevilgan his qildim va hali ham şunday his qilaman. Menga körsatgan har bir olqiş va mehrni heç qaçon unutmayman.

Men ketyapman, yuragim esa faxr, minnatdorlik va unutilmas xotiralar bilan töla. Klublar örtasidagi jahon çempionatidan keyin maydonda bu libosni umuman kiya olmasam ham men doim «Madrid» muxlisi bölib qolaman.

Hala Madrid Y Nada Mas!».

«Real» ham Modriç ketişini tasdiqladi: «„Real Madrid“ futbol klubi va sardorimiz Luka Modriç AQŞda bölib ötadigan Klublar örtasidagi jahon çempionatidan keyin uning klubimiz futbolçisi sifatidagi unutilmas davrini yakunlaşga kelişib oldi.

„Real Madrid“ klubimiz va jahon futbolining eng buyuk afsonalaridan biri bölgan uşbu insonga öz minnatdorçiligini va çuqur mehrini izhor etadi».