Boş prokuror örinbosari A.Mavlonov rahbarligidagi Özbekiston delegatsiyasining Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi moliyaviy razvedka tizimlarining hamkorligini mustahkamlaş hamda iqtisodiy xavfsizlik böyiça kadrlarni tayyorlaş masalalari yuzasidan Moskva şahriga taşrifi bölib ötdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif doirasida ötkazilgan tadbirlarda Özbekiston delegatsiyasidan Oliy va örta maxsus ta'lim Vazirlik mutasaddilari hamda oliy ta'lim muassasalarining Xalqaro institutlar tarmoği vakillari (Toşkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toşkent Davlat yuridik universiteti va Toşkent axborot texnologiyalari universiteti) ham iştirok etdilar.
Moliyaviy monitoring böyiça Federal xizmati, Xalqaro institutlar tarmoği, Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining fizika instituti, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya instituti hamda Moliyaviy monitoring böyiça xalqaro öquv-uslubiy markaz rahbarlari bilan qator uçraşuvlar bölib ötdi.
Taşrif çoğida ilmiy hamkorlik masalalari, birgalikda taşkil etilgan laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot işlarini olib boriş, tasniflarni baholovçi xalqaro tizimni yaratiş orqali jinoiy daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş sohasida yagona öquv hududni şakllantiriş böyiça masalalar muhokama qilindi.
Özbekiston delegatsiyasining taşrifi natijasida jinoiy daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştiriş hamda ommaviy qirğin qurollarini tarqalişiga qarşi kuraşiş yuzasidan ilmiy hamkorlik Memorandumi hamda Xalqaro institutlar tarmoğining Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalari bilan yuqoridagi sohalarda ilmiy-ta'lim faoliyati yuzasidan hamkorlik bayonnomasi imzolandi.












