​Qozoğiston  «B.Konisbayev» çegara-bojxona postida avtotransport vositalarining tirbandligini bartaraf etiş uçun barça kuçlar safarbar qilinişi hamda qisqa muddatlarda ularni bartaraf etişning amaliy çoralari körilişini bildirdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi Axborot xizmati xabar bermoqda. 
Ma'lum qilinişiça, DBQ Axborot xizmati internet naşrlarida tarqatilgan Özbekistonning «Yallama» çegara-bojxona postiga tutaş joylaşgan Qozoğistonning «B.Konisbayev» çegara-bojxona postidagi yuk avtomaşinalar tirbandligi yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilgan.

«Davlat bojxona qömitasi tomonidan bugungi kunda çegara bojxona postlari orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatini nazorat qiliş video-kuzatuv tizimi orqali onlayn tarzda olib borilmoqda.

Mazkur kuzatuvlar şuni körsatmoqdaki, çegara bojxona postlari, xususan «Yallama» çegara bojxona postida Özbekiston Respublikasidan qöşni davlatlarga kiriş-çiqiş uçun avtotransport vositalarining tirbandligi kuzatilmayapti». 

Xabarda aytilişiça, Qozoğiston Respublikasida vujudga kelgan avtotransport vositalarining tirbandligi holatiga aniqlik kiritiş maqsadida, doimiy ravişda Davlat bojxona qömitasining mas'ul xodimlari qöşni davlatning «B.Konisbayev» çegara-bojxona posti rahbariyati bilan işçi tartibda muzokaralar ötkazilmoqda.

Muzokaralarda yuzaga kelgan muammoli masalani, jumladan avtotransport vositalarining tirbandligini bartaraf etiş uçun barça kuçlar safarbar qilinişi hamda qisqa muddatlarda ularni bartaraf etişning amaliy çoralari körilmoqda.