2024 yilning 16 avgust kuni soat 10:00 da Akbar Mamajonov ismli şaxs boşqa birovga tegişli Cobalt maşinasini boşqarib, “Yallama” çegara posti orqali Qozoğistonga ötib ketgan. Unda mazkur maşinani boşqariş huquqi bölmagan. Çegaradan ötkazilgaç, Cobalt izsiz yöqolgan. Kun.uz suriştiruvida aniqlanişiça, 50 ga yaqin ana şunday maşina bojxonaçilar köz öngida Qozoğistonga olib çiqib ketilgan. Suriştiruvda Özbekiston bojxona tizimining zaif tomoni, ya’ni hatto öğirlangan maşinalarni bojxona postlari orqali bemalol olib çiqib ketiş mumkinligi haqida söz boradi.

Özbekistonda “vykup”ga (bölib tölaş şarti bilan) xarid qilingan turli rusumdagi 50 ga yaqin maşina Qozoğistonga ötkazib yuborilgan. Ularning ayrimlarini çegara postlaridan boşqariş huquqi bölmagan şaxslar haydab olib ötgan. Kun.uz bu ma’lumotga bir murojaatni örganiş davomida duç keldi.

Ğoyib bölgan Cobalt

Tahririyatga murojaat qilgan Toşkent şahrida yaşovçi I.X. Cobalt maşinasini nasiya-savdoga (bölib tölaş şarti bilan) sotib, aldanib qolganini ma’lum qildi. Uning bildirişiça, maşinasini 2024 yil avgust oyida Abdurasulov Abdulla ismli şaxsga bölib tölaş şarti bilan sotgan. Kelişuvga asosan xaridor unga avvaliga 3 ming AQŞ dollari bergan. Qolgan pulni 25 oy davomida har oyda 600 AQŞ dollaridan tölab borişi kerak bölgan.

“Bir oydan söng oylik tölov qilinmagaç, Abdullaga qönğiroq qildim. Ammo boğlana olmadim, telefoni öçirilgan ekan. Keyin Telegram orqali gaplaşa boşladik. U maşinam Qozoğistonga çiqarib yuborilganini, özi ham boşqa odamlarga aldanib qolganini aytib, turli bahonalar qila boşladi. Maşinani Abdullaga işonçnoma bilan bergandim”, deydi Cobalt egasi.

I.X. maşinasini 2024 yil 15 avgust kuni Abdulla Abdurasulovga sotgan. 16 avgust kuni soat 10:00 da esa ayni şu maşina Akbar Mamajonov ismli şaxs boşqaruvida “Yallama” çegara posti orqali Qozoğistonga haydab çiqib ketilgan. Maşinani işonçnoma aosida boşqariş huquqi Abdulla Abdurasulovda bölgan. Akbar Mamajonovda esa uni boşqariş huquqi bölmagan.

Şu tariqa, çegaradan olib ötilgan Cobalt izsiz ğoyib bölgan.

“Qidiruvdagi” xaridor

I.X. maşinasi ğoyib bölgaç Abdulla Abdurasulovdan uni qaytarib berişni talab qila boşlagan. Sababi, xaridor kelişuv böyiça oylik tölovni amalga oşirmay qöygandi.