«Özeltexsanoat» AK rahbariyati Samarqanddagi “Sino” zavodining bankrot deb e'lon qilinganligi töğrisidagi internet naşrlari orqali keng muhokama qilinayotgan axborotning notöğri talqini borasida öz munosabatini bildirib, uşbu holat yuzasidan Kun.Uz’ga izoh berdi.

“Ma'lumki, Samarqand şahar iqtisodiy sudi tomonidan 2018 yil 7 avgustda “Sino” AJning arizasini qabul qiliş, bankrotlik işini qözğatiş hamda “Sino” AJda kuzatuv jarayonini joriy etiş töğrisida ajrim qabul qilingan. Biroq “bankrotlik işi qözğatiş” – bu “bankrot” deb e'lon qiliş degani emas.

Xususan, Özbekiston Respublikasining “Bankrotlik töğrisida”gi Qonunining 28-moddasiga asosan Qarzdor yuridik şaxsning bankrotligi töğrisidagi iş körilayotganda quyidagi taomillar qöllaniladi, deb körsatilgan: kuzatuv, sud sanatsiyasi, kelişuv bitimi, taşqi boşqaruv, tugatişga doir iş yuritiş.

Uşbu Qonunning 75-moddasi talablariga köra, “Sino” AJda joriy etilgan kuzatuv jarayoni tugatilgandan söng, iqtisodiy sud qarzdorni “bankrot” deb topiş va tugatişga doir iş yuritişni boşlaş töğrisida qaror qabul qilişi yoki sud sanatsiyasini yoxud taşqi boşqaruvni joriy etiş haqida ajrim çiqaradi yoki kelişuv bitimini tasdiqlaydi va bankrotlik töğrisidagi iş yuritişni tugatişi mumkin.

Aytib ötiş lozimki, mazkur qonun doirasida qarzdorni bankrot deb e'lon qilişdan oldin uning mulkiy va iqtisodiy ahvolini yaxşilaş hamda kelgusida barqaror işlab ketişi uçun sud sanatsiyasi, kelişuv bitimi va taşqi boşqaruv taomillari mavjud bölib, ulardan qaysi birini “Sino” AJga nisbatan qöllaş faqatgina sud va kreditorlar tomonidan hal qilinadi.

Şuningdek, Qonunning 51-moddasiga köra, faqatgina sud sanatsiyasini, taşqi boşqaruvni joriy etiş, kelişuv bitimini tasdiqlaş yoki bankrotlik töğrisidagi iş yuritişni tugatiş uçun asoslar bölmagan taqdirda, iqtisodiy sudning qarzdor yuridik şaxsni bankrot deb topiş hamda tugatişga doir iş yuritişni boşlaş töğrisidagi qarori qabul qilinadi.

Biroq, “Sino” AJda endigina kuzatuv taomili joriy etilganligini inobatga olib, hali uşbu korxona “bankrot” deb e'lon qilindi, deyişga heç qanday asoslar mavjud emas”, - deyiladi izohda.

Eslatib ötamiz, 2018 yil 16 avgustda 1973 yilda taşkil etilgan “Sino” zavodining kasodga uçragani haqida xabar berilgan edi.