Rossiyaning Oryol şahri 7-noyabr, şanbaga ötar keçasi keng kölamli raketa hujumiga uçradi. Bu haqda Oryol viloyati gubernatori Andrey Kliçkov maʼlum qildi.

ASTRA naşrining oçiq manbalar asosidagi razvedka (OSINT) tahliliga köra, zarba oqibatida Rossiyadagi eng muhim optoelektronika işlab çiqaruvçilaridan biri - «Proton» zavodida yirik yonğin kelib çiqqan.

Gubernator Kliçkov «Sovetskiy tumanida joylaşgan korxonaning işlab çiqariş binolari qisman zarar körganini» bildirdi. Biroq u korxona nomini oçiqlamadi va jabrlanganlar haqida maʼlumot bermadi.

Kliçkovning qöşimça qilişiça, hodisa joyida qutqaruv xizmatlari iş olib bormoqda.

«Proton» zavodi Oryol şahrining Sovetskiy tumanida joylaşgan.

Ukrainaning Exile+ va Supernova+ OSINT kanallari maʼlumotlariga köra, «Proton» zavodi mahsulotlari, jumladan, S-71 «Kovyor» aviatsiya qanotli raketalari, 9M723 «Iskandar-M» ballistik raketalari hamda «Pansir-S1» zenit raketa-töp majmualarida qöllaniladi.

Mazkur korxona avval ham bir neça bor Ukraina hujumlariga uçragan.