Bloomberg iqtisodçilari Ziad Daud va Tom Orlik «turk modeli» böyiça moliyaviy muammolarga duç kelişi mumkin bölgan beş mamlakat nomini ma'lum qilişdi.

Uşbu röyxatni AQŞ dollariga nisbatan milliy valyutasi inqirozga uçragan va qator muammolarga duçor bölgan Turkyai boşqarmoqda.

Mualliflarning qayd etişlariça, bugungi kunda Argentina, Kolumbiya, JAR va Meksikada «keskin bölmasa-da, Turkiyadagi kabi simptomlar kuzatilmoqda».

«Nozik beşlik» (Fragile Five) atamasi ilk bor 2013 yilda Morgan Stanley tahlilçilari tomonidan qöllanilgan: ular öşa davrda kursi oşib borayotgan dollarga nisbatan qaltis vaziyatda bölgan Braziliya, Indoneziya, JAR, Hindiston va Turkiya valyutalariga şunday ta'rif berişgan. Şundan keyin turli ekspertlar har xil körsatkiçlar böyiça özlarining «nozik beşlik»larini tuzişgan.

Iqtisodiyoti hajmi jihatidan jahonda 13-örinda turuvçi Turkiyani joriy oyda moliyaviy inqiroz qamrab oldi. Turk lirasining dollarga nisbatan kursi 20%ga, yil boşidan buyon esa qariyb 40%ga tuşib ketdi.