Yaponiyaning avariyaviy “Fukusima-1” atom elektr stansiyasida sunamidan qöşimça himoya yaratilmoqda. Bu haqda Yomiuri naşri ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, bu qöşimça himoya çoralaridan maqsad – stansiya energobloklari binolari yertöla qismida katta hajmda töplanayotgan yuqori radioaktiv moddalarga ega suvning taşqariga çiqib ketişining oldini olişdan iborat. Agar sunami zarba beradigan bölsa, bu suv okeanga tuşişi mumkin. Ta'kidlanişiça, Tokyo Electric Power kompaniya-operatori yertölani izolyatsiyalaş böyiça işlarni boşlab yuborgan.

AESda avariya 2011 yil martida yuz bergan. Zilzila oqibatida yuzaga kelgan sunami zarbasi sababli stansiyada energiya tejaş va muzlatiş tizimlari işdan çiqqan. Natijada 3 ta energoblokda yoqilği erib, u reaktorlarning himoya korpusini eritib teşgan. Bu hodisa vodorodning portlaşi va katta hajmda radioaktiv moddalarning taşqariga çiqişi bilan keçgan. Bu esa stansiya atrofidagi hududning zararlanişiga olib kelgan. 

Ayni vaqtda AESda avariya oqibatlarini bartaraf etiş, zarar yetgan hududlarni zararsizlantiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Rejaga köra, stansiyani faqat 2040 yilgaça töliq buzib taşlaş rejalaştirilgan.