Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida istiqomat qiluvçi Oybek Husanov va YHXB xodimlari örtasidagi tortişuv aks etgan video keng muhokamalarga sabab böldi. Internet foydalanuvçilari göyoki, içki işlar xodimlari tomonidan haydovçini öz avtomaşinasidan qöpol harakatlar bilan tuşişga majbur qilingan haydovçiga açinib izohlar qoldira boşladi. Boşqa foydalanuvçilar esa Oybekning harakatlarida huquqbuzarlik alomati mavjudligini ta'kidlab, aybni unga ilmoqda. Aslidaçi? Voqea qanday bölgandi va u nimalar bilan yakunlandi? Kun.uz masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Asaka tumaniga yöl oldi.

Andijon viloyati IIB ma'lumotiga köra, 11 iyul kuni 12:30larda Asaka şahar “I.Buxoriy” köçasida haydovçi Oybek Husanov “Malibu” rusumli davlat raqami 60 O 107 FA bölgan avtomaşinasida yöl harakati qoidalariga amal qilmay, harakatlanayotganligi, boşqa haydovçilarga xalaqit berayotganligi bois uşbu köçadagi xizmat olib borayotgan yöl harakati xavfsizligi xodimi avtomaşinani töxtatişga harakat qiladi.
Ammo “Malibu” avtomaşina haydovçisi Husanov Oybek Xöjamberdiyeviç avariya holatini yuzaga keltirib, yöl harakati xavfsizligi xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, yuqori tezlikda yöl harakati qoidalariga amal qilmasdan harakatlanadi. Husanov sözlari esa umuman boşqaça yangramoqda. Uning aytişiça, "GAI" xodimi nega Oybekka qasd qilib qolgani va töxtatganidan bexabar qolmoqda.
"Ammo, men nega töxtatilganimni bilmayman. Xodimlar maşinada quvib kelib, yöl yoqasiga qisişdi, guvohnoma ham körsatmay, şaxsini taniştirmay, maşina qismlariga jismoniy zarba bergaç, men eşikdan ham tuşmadim", deydi haydovçi.
Şu örinda Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Yöl harakati xavfsizligi xodimlaridan biri voqeani şunday tasvirladi:
"Xodimlar tomonidan töxtatilgan haydovçi Xusanov Oybek Xöjamberdiyeviçdan avtomaşina tegişli hujjatlari söralganida, qoidabuzar qonuniy talabni rad etib, avtomaşina içidan eşigi va oynalarini berkitib olgandi".
Holatning bu qismini Oybek ham tasdiqladi, ya'ni maşina uning nomiga hali rasmiylaştirilmagani, ammo barça hujjatlari joyida ekani aytildi. Guvohlardan biri voqea qanday yuz berganini tasvirlab berarkan, "Malibu" egasining xatti-harakati yöl qatnoviga xalaqit qilganini aniq tasdiqlagan.
"Men maşinada bemor onamni şifoxonaga olib ketayotgan edim. Oldimda turgan bu haydovçi xodimlar bilan gap talaşib, qolganlarga yöl bermasdan turdi. Ortga, oldinga maşinani tortib, qoçişga ham urindi", deydi guvoh-haydovçi.
Şu tufayli atrofga avtomaşinalar va fuqarolar töplanib, köplab avtomaşina haydovçilari “Malibu” avtomaşinasini oldiga kelib, Oybek Husanovga yöl harakati xavfsizligi xodimlarining qonuniy talablarini bajarişini va avtomaşinasini yöl çetiga olişini söraşadi. Biroq, voqealar tizgini şu yerda yakuniga yetmadi. Oybek, bundan söng, IIB xodimlarining tazyiqi bilan bölimga olib ketilgani va kaltaklanganini iddao qilmoqda.

"Issiq asfaltni quyoş toblab turganiga qaramay, meni yalangoyoq bölimgaça piyoda yurişga majbur qilişdi. Tuman IIB bölimiga kirişimiz bilan meni bitta xonaga olib kirib, boş, qorin va kökrak aralaş zarba tuşdi. Nimalar bölayotganini anglolmay qoldim. Bir payt huşimni yöqotdim, közimni oçsam, meni balandlikdan yerga taşlaşyapti", deb xotirlaydi u.
Oybekning tasdiqlaşiça, öşa kuni u bir neçta IIB xodimlari tomonidan kaltaklangaç, prokuraturaga murojaat qilgan. Tuman prokuraturasi öz örnida sud-tibbiy ekspertizasini ötkaziş töğrisida qaror çiqargan. Biroq, dastlabki tekşiruvlarda Husanovning tanasidan jiddiy jarohatlar topilmagani qayd qilinavergan. Oradan deyarli 10 kun ötib, ya'ni Husanovning Boş prokuratura nomiga yöllagan şikoyatidan söng, qayta tibbiy tekşiruvlar olib borildi va uning kökrak qismida qovurğa suyaklari singani, öpka ezilgani ma'lum böldi.
Asaka tuman prokuraturasi mazkur iş böyiça ÖzR JK 105 moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlangani sababli jinoiy işni örganişni boşlagan. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda rasmiy vakil Oybekning dastlabki tergovga qatnaşmay yurgani haqida ma'lumot berdi. U çaqiruv qoğozini bir neça marta qabul qilib olgan, ammo tergovda körsatma beriş uçun prokuraturaga kelmayapti. Unga nisbatan YHXB xodimlari bildirgi yozib, huquqbuzarlik sodir etgani uçun ma'muriy javobgarlikka tortişni söramoqda.











