Toşkent şahar hokimligi barça tadbirkorlar va investorlarni 135 ta xususiy maktabgaça ta'lim muassasasi va 60 ta xususiy maktab quriş uçun tanlovda iştirok etişga taklif etadi. Hokimlik matbuot xizmatida şu haqida xabar berildi.
Poytaxt hokimligi tanlov ğoliblariga xususiy maktabgaça ta'lim muassasasi va maktablar quriş uçun umumiy maydoni 2000 m2 gaça bölgan yer maydonlarini doimiy foydalanişga ajratib beradi.
Tanlov şartlari quyidagilardan iborat:
- Quriliş işlarini 2018 yilning 31 dekabriga qadar yakunlaş;
- Taşabbuskor hisob raqamida 5,0 mlrd. söm mablağ bölişi;
- Ajratib berilgan yer maydonidan maqsadli foydalaniş.
Manbada barça tadbirkorlar, investorlar öz takliflarini 2018 yilning 31 avgustiga qadar quyidagi manzil böyiça yuborişi söraladi.
Telefon: +998 98 309 84 48
Elektron manzil: [email protected], [email protected]












