Filippin prezidenti Rodrigo Duterte F-16 qiruvçi samolyotlarini “mutlaq foydasiz” deb atab, AQŞning ularni sotib oliş taklifini rad etdi.
“Bizga F-16 kerakmas, biroq ular (AQŞ) bizni haqorat qilgandan keyin ham bu masalani kötarişmoqda”, deb aytgan Duterte Davao şahrida harbiylar oldida.
Dutertening aytişiça, Vaşingtonning bu işi Filippin hukumatiga qarşi köplab bayonotlaridan keyin “yaraşişga” urinişdek körinadi.
Duterte Filippinga isyonçilar bilan kuraşiş uçun F-16 örniga yengil samolyotlar talab qilinişini aytgan. Duterte, şuningdek, Vaşington va Manilani döstlar deb ataş qiyinligini qöşimça qilgan.
“Biz döstmiz, biroq şuni anglaş kerakki, bu köp yillar avval bizni mustamlaka qilganingiz uçunginadir. Biz bunday döstlikka rozi bölmaganmiz”, deb aytgan Filippin prezidenti.











