Ikki avtomobilsozlik giganti– Toyota va Uber haydovçisiz maşinalarni işlab çiqariş uçun özaro hamkorlik qiladi. Toyota buning uçun 500 mln AQŞ dollari kiritadi. Bu haqida kompaniya axborot xizmati bayonotida xabar berildi.
Tahlilçilarning aytişiça, Toyota Google va Alibaba kabi maşhur kompaniyalar öz qatorida yuqori tezlikdagi haydovçisiz maşinalarni işlab çiqarişga harakat qilmoqda.
Ikkala brend texnologiyasi Toyota avtomaşinalariga qöllaniladi va 2021 yilgi Uberning “ride-sharing” platformasida işga tuşiriladi.
Toyota rahbari Dara Xusravşohiy: “Uber bilan tuzgan şartnomamiz jahon darajasidagi texnologiyalarni joriy etişga yordam beradi. Biz, şuningdek, yangilikni skuter va elektrik velosipedlarga nisbatan qöllaşni rejalaştiryapmiz. Bu tirband şahar içida qulay harakatlanişni ta'minlab beradi”, deya izoh berdi.
Eslatib ötamiz, Uber kompaniyasi Arizonada avtohalokat sodir bölgandan keyin mart oyida özi işlab çiqqan “haydovçisiz avtomobil” dasturini töxtatgandi. Ötgan oyda kompaniyaning San-Fratsiskodagi firmasida uşbu dasturni davom ettiriş işlari olib borildi.











