Rossiya Özbekistonning qöşma ulgurji-taqsimlaş tarmoqlari va transport-logistika xablarini taşkil etiş böyiça taklifini qöllab-quvvatladi, deya xabar beradi Özbekiston Taşqi savdo vazirligi.

Umumiy loyihalarni amalga oşiriş 24 avgust kuni Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkinning Toşkentga taşrifi davomida muhokama qilindi. U Rossiya va Özbekiston çegara hududlarida ulgurji-taqsimlaş tarmoqlari va transport-logistika xablarini taşkil etiş taklifini qöllab-quvvatlagan.

«Bu yuklarni taşiş uçun qulay şartlar va maxsus tariflarni, şu jumladan tranzit mamlakatlar hududlari orqali ta'minlaydi. Bundan taşqari, uşbu loyiha tadbirkorlik sub'yektlarining transport-logistika va transport-ekspeditsion xizmatlarini körsatiş, şuningdek, yuklarni taşiş hamda logistika zanjirlarining optimal sxemalarini işlab çiqiş borasidagi ehtiyojlarini qondiriş uçun samarali logistika tarmoğini şakllantiriş imkonini beradi», - deya ta'kidlab ötişdi Taşqi savdo vazirligidan. 

Rossiya tomoniga eksportni qöllab-quvvatlaş milliy tizimining («Rossiyskiy eksportnyy sentr», «Roseksimbank» va «ESKAR») ixtisoslaştirilgan muassasalari bilan hamkorlikni faollaştiriş hamda Özbekiston banklari va «Vneşekonombank» örtasida şeriklik munosabatlarini örnatiş taklif qilindi.