Mutaxassislar tomonidan Qarşi-Kitob yönalişida ilk bor "Afrosiyob" zamonaviy elektropoyezdi harakatlantirildi. Texnik sinovlar muvaffaqiyatli ötkazildi va 30 avgust kuni foydalanişga topşirildi. 

Qaşqadaryo viloyatiga qatnovçi "Afrosiyob" poyezdi Qarşi şahri orqali Şahrisabzga yetib keldi. Mazkur loyihaning hayotga tatbiq etilişi yurtimiz aholisi hamda sayyohlar uçun Mustaqillikning 27 yilligi arafasida munosib tuhfa böldi.

Qarşi-Kitob temir yöl liniyasini modernizatsiya qiliş va elektrlaştiriş loyihasi töliq nihoyasiga yetkazildi. "Özbekiston temir yöllari" AJning tajribali mutaxassislari umumiy uzunligi qariyb 124 kilometrdan iborat bölgan mazkur loyihaning qisqa muddatda, sifatli qilib amalga oşirişdi.
 
E'tiborlisi, 94 kilometr masofani taşkil etuvçi "Toşguzar-Kitob" liniyasi töliq elektrlaştirilib, yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlar qatnovi uçun moslaştirildi.
 
Ma'lumki, joriy yilning 6-10 sentabr kunlari Şahrisabzda I Xalqaro maqom san'ati anjumani bölib ötadi. Xalqaro tadbir qatnaşçilari endi bu tadbirga "Afrosiyob" poyezdida kelişlari mumkin böladi.