Jizzaxda viloyatning sarmoyaviy salohiyatini oşiriş va töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etişga bağişlangan xalqaro forumda AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Rossiya, Belarus, Latviya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, BAA, Isroil, Qozoğiston, Singapur singari 28 mamlakatdan 300 ga yaqin iştirokçi qatnaşmoqda. Şuningdek, çet el diplomatik missiyalari, qator xalqaro moliya institutlari, yirik xorijiy kompaniyalar vakillari ham iştirok etişyapti.
Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabariga köra, uşbu xalqaro investitsion forum doirasida Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov hamda Germaniyaning nufuzli «VAMs GmbH» kompaniyasi rahbari Isroil Izoxov örtasida hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzolandi. Unga köra, mamlakatimizda aholiga nefrologik va gemodializ yordam sohasida yangi investitsiya loyiha amalga oşiriladi.
Jumladan, yuqoridagi hamkorlik doirasida yurtimiz soğliqni saqlaş tizimiga xususiy investitsiyalarni jalb qiliş, nefrologiya sohasida dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş uçun sanoat kompleksini yaratiş közda tutilmoqda. Natijada, mamlakatimiz tibbiyot muassasalarida mavjud gemodializ qurilmalari modernizatsiya qilinadi va ularning zamonaviy tibbiy jihozlar bilan töliq ta'minlaş işlari amalga oşiriladi. Davlat-xususiy sektor hamkorligi tamoyillari böyiça gemodializ xizmatini körsatuvçi 20 ga yaqin yangi tibbiy klinikalar taşkil etiladi. Bundan taşqari, 2019 yilda Jizzax şahrida tumanlararo gemodializ markazini oçiş ham rejalaştirilgan. Şuningdek, gemodializ uçun tibbiy materiallarni işlab çiqaruvçi zavod quriladi.
Uşbu kelişuv böyiça 2022 yilgaça rejalaştirilgan investitsiya hajmi 27 million AQŞ dollarini taşkil etadi.












