Tibbiyot taşkilotlarini litsenziyalaş va akkreditatsiyalaş markazining ma’lum qilişiça, 2025 yilda Özbekistonda 1 329 ta tibbiy klinika litsenziya olib, faoliyat boşladi.

Qayd etilişiça, faoliyat boşlagan klinikalarning katta qismi aholi ziç joylaşgan va iqtisodiy faol hududlar hissasiga töğri keladi. Xususan, Toşkent şahrida 251 ta, Farğona viloyatida 169 ta, Samarqand viloyatida 129 ta, Andijon viloyatida 121 ta va Qaşqadaryo viloyatida 117 ta klinika faoliyat boşlagan.

Şuningdek, Toşkent viloyatida 95 ta, Buxoro viloyatida 91 ta, Namangan viloyatida 74 ta, Xorazm viloyatida 71 ta, Surxondaryo viloyatida 62 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 54 ta va Navoiy viloyatida 50 ta klinika iş boşlagan.

Ayrim hududlarda, jumladan Jizzax viloyatida 30 ta va Sirdaryo viloyatida 15 ta klinika faoliyat boşlagan bölib, bu hududlarda xususiy tibbiyotni yanada rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş va tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytiriş uçun imkoniyatlar saqlanib turganligini körsatadi.

Bugungi kunda Özbekistonda 9 000 dan ziyod xususiy tibbiyot muassasalari faoliyat körsatmoqda.