Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida 31 avgust kuni Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida yaşovçi N.X. va R.O. tuman IIBga murojaat qilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ular şu kuni “Uçtepa” MFY hududida N.X. boşqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomaşinasida ketayotganida 2 nafar noma'lum şaxs “Neksiya” rusumli avtomaşinasi bilan ularning yölini tösib, avtomaşinadan tuşirib, kuç işlatiş yöli bilan 500 ming söm pul talab qilganini va ulardagi 97 000 söm pulni olib, voqea joyidan yaşiringanliklarini ma'lum qilganlar.

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Past Darğom tumanida yaşovçi U.S. va Ç.R. sodir etganliklari aniqlanib, uşlangan.