Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida yaşagan F. ismli ayol qotillik qurboni böldi. Kun.uz manbasining xabar berişiça, marhuma maktabgaça taʼlim taşkiloti mudirasi bölib işlagan. Uning ikki nafar farzandi bölgan.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga maʼlum qilişiça, 2026-yil 29-oktabr kuni Zarbdor tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Prokuratura gumonlanuvçi marhumaning turmuş örtoği ekanini tasdiqladi. Maʼlum qilinişiça, u voqeadan keyin 102 raqamiga özi qönğiroq qilib, hodisa haqida xabar bergan.
Gumonlanuvçi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.

















