Şahrisabz şahrida Xalqaro maqom san'ati anjumani kötarinki ruhda davom etmoqda. Unda dunyoning 73 davlatidan xonanda-yu sozandalar, san'atşunos olimlar, mutaxassislar iştirok etmoqda. ÖzA muxbiri anjumanning ayrim iştirokçilari bilan suhbatlaşdi. 

Xose Luis Izaguirre, jurnalist (Ispaniya):

– Özbekistonda ilk bor bölişimga qaramay, taassurotlarim bir dunyo. Qadimiy şaharda saqlanib qolgan qadimiy obidalar, yodgorliklar xalqingiz tarixi uzoq asrlarga borib taqalişidan darak beradi. Mamlakatingizda san'atning an'anaviy turlariga alohida e'tibor bilan qaralişi tahsinga loyiq. Xususan, anjumanning oçiliş marosimi yuqori saviyada taşkil etilgani ham fikrimga misol böla oladi. Tadbirning kötarinki ruhda ötişi uçun barça zarur tayyorgarlik körilgan. Ispaniyada ham mumtoz san'at turlari, aşula va boşqa an'analar bilan boğliq festivallar ötkaziladi. Kelgusida bu kabi an'analarni hamkorlikda davom ettiriş, tajriba almaşiş xalqlarimizni ma'naviy yaqinlikda, ezgu orzu-intilişlar ruhida birlaştirişiga işonaman.

Abduvali Abduraşidov, Tojikiston xalq artisti: 

– Şaşmaqom özbek-tojik xalqlarining mumtoz musiqiy merosi hisoblanadi. Bugungi kunda Özbekistonda mumtoz san'atlar, ayniqsa, maqom san'atini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bugun Şahrisabzda Xalqaro maqom san'ati anjumani ötkazilmoqda. Dunyoning qator davlatlaridan ijodkorlar, mumtoz qöşiq ixlosmandlari, san'atşunos olimlar taşrif buyurgan. Bularning bari maqom san'atining yanada rivojlanişiga xizmat qiladi.

Muhtaşam Oqsaroy maydonida maqom san'ati rivojiga ulkan hissa qöşgan ustozlar ijro etgan aşulalardan bahramand böldik. Aytiş mumkinki, Xalqaro maqom san'ati anjumani misolida ustozlar orzusi, ularning avlodlar ma'naviy kamoloti yölidagi ezgu intilişlari röyobga çiqmoqda.

Magdalina Valdivia, san'atşunos (Meksika):

– Şarq xalqlarining mumtoz san'atiga qiziqişim baland. Şu bois, festivalda iştirok etişga qaror qildim. Ellarni tillar emas, kuy birlaştiradi, deganlari rost. Buni maqom misolida his qilmoqdaman. Undagi har bir aşula va musiqada öziga xos noyob ohang, kişiga ruhiy quvvat beruvçi kuç mujassam. Garçi sözlarining ma'nosini tuşunmasang-da, kuydagi ohang qalbni larzaga soladi. Tinglaş mobaynida kayfiyatingda ba'zan hazinlik, goho jöşqinlik sezasan. Şuning uçun uşbu san'atni samolarga parvoz qiluvçi quşga, tinçlik elçisiga qiyoslaşar ekan.