Özbekiston terma jamoasi Toşkentda Suriya bilan örtoqlik öyinini ötkazdi. Bu argentinalik mutaxassis Ektor Kuper qöl ostidagi ilk bahs edi. 

Birinçi bölim mehmonlarning taşabbusi ostida ötdi. Ular bir qança xavfli vaziyatlarni yaratib, hisobni oçişlari mumkin edi. Ammo, darvozabon Nesterov barça zarbalarni qaytarişga muvaffaq böldi.

Ikkinçi bölimda futbolçilarimiz faollaşdilar. Ular ketma-ket hujumlarni taşkil etib, raqibni xato qilişga majbur etdilar. 62-daqiqada burçakdan oşirilgan töp himoyaçining qöliga tegdi. Boş hakam tomonidan belgilangan penaltini Marat Bikmayev aniq amalga oşirdi.

Şundan söng, Suriya taşabbusni qöliga oldi va 78-daqiqada hisobni tenglaştirdi. Umar As-Soma boşi bilan aniq zarba yöllab, Nesterovni doğda qoldirdi.

Öyin oxirigaça bu hisob özgarmay qoldi.

Örtoqlik öyini
6 sentabr, Toşkent, «Milliy» stadioni, 17800 tomoşabin
Özbekiston - Suriya - 1:1 (0:0)
Gollar: Marat Bikmayev (62 pen) - Umar As-Soma (78)
Özbekiston: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Şorahmedov, 31.Yegor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteyev, 8.Javlon Ibrohimov (18.Sardor Sobirxöjayev, 46), 16.Otabek Şukurov, 27.Sardor Raşidov (14.Eldor Şomurodov, 76), 10.Marat Bikmayev (11.Temurxöja Abduxoliqov, 68), 6.Husniddin Ğofurov (26.San'at Şixov, 68), 28.Ivan Nagayev (15.Sardor Mirzayev, 55)
Suriya: 1.Ibrohim Alma, 3.Nodim Saboğ, 15.Abdul Malik Alanizan, 4.Jihod Al-Bavur, 5.Umro Al-Midaniy, 8.Mahmud Al-Mavas, 9.Umar As-Soma, 11.Usoma Umariy (7.Anas Usmon, 83), 14.Tamir Xoj Muhammad, 10.Muhammad Usmon, 21.Fahad Yusuf
Ogohlantirişlar: Tamir Xoj Muhammad (30)
Boş hakam: Çorimurod Qurbonov 
Qanot hakamlari: Polvon Polvonov, Ahmet Beknazarov (barçasi - Turkmaniston)