Xalqaro maqom san'ati doirasida ötkazilayotgan tadbirlar xorijlik va özbekistonliklarni lol qoldirmoqda, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi.
7 sentabr kuni maqom tanlovi boşlandi. Tanlov oldidan Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Xalqaro hakamlar hay'ati bilan suhbatlaşdi.
Suhbat davomida eng sara jamoa va yakkaxon ijrolarini bajo aylaydigan iştirokçilar, qay tartibda va usulda ijro etişlari muhokama qilindi.
Tanlov dasturiga asosan bugun 9 ta jamoa özaro bellaşadi, bular: Belgiya, Baxrayn, Buyuk Britaniya, Iroq, Isroil, Misr, Pokiston, Turkiya va Tojikiston davlatlaridir.












