9 sentabr kuni Rossiyada Moskva merini saylaş uçun saylovlar boşlandi. Bugun şuningdek 21 mintaqa rahbarlari va 16 mintaqada kengaşlar deputatlar saylanadi. 

Şu kuni Rossiyaning Vladivostokdan Kaliningradgaça bölgan köplab şaharlarida Aleksey Navalniy tarafdorlari tomonidan pensiya yoşi oşirilişi böyiça islohotga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötmoqda.

Ayrim şaharlarda aksiyalar hukumat bilan kelişilgan holda ötkazilmoqda. Aksar şaharlarda, xususan Moskva va Sankt-Peterburgda esa yöq.

Ayni vaqtga kelib aksiya iştirokçilaridan bir neça ön nafari qölga olingan. Jumladan, Xabarovskda 12 kişi, Tomskda kamida 10 kişi, Komsomolsk-na-Amurda 4 kişi qölga olingan. Novosibirskda esa namoyişçilar va politsiyaçilar örtasida töqnaşuvlar kelib çiqqan.