Yaponiyalik tennisçi Naomi Osaka Amerika oçiq çempionati - US Open finalida amerikalik Serena Uilyamsni mağlubiyatga uçratdi - 6:2, 6:4.

Bahs davomida Uilyams murabbiyi Patrik Muratöğli bilan gaplaşgani uçun ogohlantirildi.

Keyinroq amerikalik tennisçi raketkasini sindirib taşladi va jarima oçkolari bilan jazolandi.

Keyin esa hakam Karlos Ramosni «yolğonçi» va «öğri» deb atadi hamda hakamni haqoratlagani uçun geymdan mahrum böldi.

Natijada ikkinçi setda hisob 3:5 körinişini oldi. 

Şu bilan birga «Katta şlem» turnirlarida 23 bor çempion bölgan, US Open turnirining 6 karra çempioni Uilyams AQŞ oçiq çempionatining boş arbitrini çaqirgan va öziga hakam tomonidan işlatilgan haqoratli sözlar haqida e'tiroz bildirgan.

20 yoşli Osaka öz faoliyatida ilk marta «Katta şlem» turnirida ğolib çiqdi va bunday turnirda ğolib bölgan ilk yaponiyalikka aylandi.

Nyu-York (AQŞ) 
US Open «Katta şlem» turniri
Umumiy sovrin jamğarmasi 53 000 000 dollar 
Oçiq kortlar, xard 
Ayollar
Yakkalik razryad 
Final 
Naomi Osaka (Yaponiya, 20) - Serena Uilyams (AQŞ, 17) - 6:2, 6:4

Ma'lumot uçun, Naomi Osaka ötgan yili bu turnirdagi iştirokini 1/16 finaldayoq yakunlagandi. U dastlab germaniyalik Anjyelika Kerber ustidan işonçli ğalabaga erişgan bölsada (6-3,6-1), keyingi bosqiçda estoniyalik Kanepiga yutqazib qöygandi.

Bu mavsumni u jahonning 68-raketkasi sifatida boşlagandi. AQŞ Oçiq çempionati arafasida esa 19-öringa kötarilib oldi.

U joriy yilgi US Open saralaşida germaniyalik L.Zigemundni 6:3, 6:2, 1/32 finalda isroillik Yu.Gluşkoni 6:2, 6:0, 1/16 finalda belaruslik A.Sasnoviçni 6:0, 6:0, nimçorak finalda boşqa bir belaruslik sportçi A.Sobolenkoni 6:3, 2:6, 6:4, çorak finalda esa ukrainalik L.Tsurenkoni 6:1, 6:1 hisoblarida mağlubiyatga uçratgan, yarim finalda amerikalik boşqa bir tennisçi, ötgan yilgi turnir finalçisi Medison Kiz ustidan 6:2, 6:4 hisoblarida ğalaba qozonib, finalga çiqqandi.

Serena Uilyams esa turnirdagi iştirokini polşalik M.Linett ustidan 6:4, 6:0 hisoblaridagi ğalaba bilan boşlagan, keyin finalga qadar  germaniyalik K.Vittxyoftni 6:2, 6:2, Vinus Uilyamsni 6:1, 6:2, estoniyalik K.Kanelini 6:0, 4:6, 6:3, çexiyalik K.Plişkovani 6:4, 6:3, latviyalik Anastasiya Sevastovani 6:3, 6:0 hisoblarida mağlub etgandi.